Surxondaro viloyati uzun tumani
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1673680340 11-SINF KIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Xusaynova Sadbargning 11-sinf uchun “Eruvchanlik” mavzusida tayyorlagan
- Surxondaryo – 2022-2023 Mavzu: Eruvchanlik Dars maqsadi
- Dars uslubi: "Aqliy hujum", "6x6", "Bumerang" texnologiyalari ,PISA test, Kimyoviy jumboqlar. Dars jihozi
- Darsning borishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARO VILOYATI UZUN TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Xusaynova Sadbargning 11-sinf uchun “Eruvchanlik” mavzusida tayyorlagan Surxondaryo – 2022-2023 Mavzu: Eruvchanlik Dars maqsadi: 1. Ta'limiy maqsad: eruvchanlik va moddalarning eruvchanlik xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalarni berish. 2.Tarbiyaviy maqsad: kimyo xonasida jihozlar va reaktivlar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalarinitushuntirish. 3.) Rivojlantiruvchi maqsad: moddalarning eruvchanligi haqida tushuncha hosil qilish. Dars uslubi: "Aqliy hujum", "6x6", "Bumerang" texnologiyalari ,PISA test, Kimyoviy jumboqlar. Dars jihozi : 1. Kerakli asboblar va idishlar. kodoskop, probirka qizdirgich, universal shtativ, modda tahlili uchun to'plam, shpatel, chinni kosacha, probirkalar, stakan. 2. Kerakli reaktivlar: mis kuporosi, natriy sulfat,natriy xlor, kaliy dixromat,kaliy nitrat,natriy nitrat. Darsning borishi: O'qituvchi o'quvchilar bilan salomlashib sinf ozodaligini va navbatchilarni ko'zdan kechiradi. So'ngra o'tilgan. mavzu "Eritma.Eritma haqida tushuncha. "Aqliy hujum" tarzida so'rov o'tkazadi: 1)Eritmada deb qanday sistemaga aytiladi? 2)Bizning hayotimizda har kuni uchraydigan qanday eritmalarni bilasiz? 3)Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o’xshash? 4)Eritmaning inson hayotiga qanday ahamiyati bor? 5)Gomogen sistema deb nimani tushunasiz? 6)Inson organizmida ovqat hazm bo’lish qanday jarayon? Kimyoviy nuqtai nazaridan tushuntiring. O'quvchilarni yangi mavzuga oldindan tayyorlanib kelganliklari hisobga olinib,Eritma va eruvchanlik sodir bo’layotgan holatlarini hayotimizda misollar orqali savol javob o’tkaziladi va baholanadi. Barcha o'quvchilar jadval chizib bo'lganlaridan keyin, o'qituvchi ularga "6x6", "Bumerang" texnologiyasini mazmun mohiyatini tushuntiradi va bugungi dars shu texnologiyalar bilan o'tkazilishini aytadi. Buning uchun quyidagi ketma-ketliklar bajariladi: 1) O'qituvchi o'quvchilar soniga qarab 6 ta guruhga ajratadi (guruh- lar ixtiyoriy tarzda raqamlar yoki elementlar nomi bilan atalishi mumkin) 2) Navbatchilar yordamida har bir guruh oldiga yuqoridagi jadvaldan 6 ta tuzlarni tanlab olinib, (tanlagan tuzlarni belgisi qo'yilgan) tuzlarni tahlili uchun to'plam idishiga ozginadan solinib tarqatiladi. 3) Har bir guruhga bittadan jami 6 ta o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlanib kelingan va quyidagi jadval chizilgan A-4 formatli qog'ozlar tarqatiladi: Tuzning nomi Agregat holati Rangi Hidi Suvda eruvchanligi Qattiqligi Kimyov oiy formula si 4) O'qituvchi 6ta guruhga jadvaldagi "Tuzlarning nomi" degan joyga 1tadan tuz nomini taqsimlab chiqadi va qog'oz yuqorisiga guruh raqamini yozib qo'yishlarini ta'kidlaydi. Masalan: 1-guruhga mis kuporosi, 2-guruhga natriy sulfat, 3-guruhga natriy xlorid, 4- guruhga kaliy dixromat, 5-ga kaliy nitrat, 6-ga natriy nitratning jadvaldagi modda nomi degan joyga yozib qoyishlarini aytadi. 5) Har bir guruh aniq vaqt ichida (2 daqiqa) o'ziga berilgan modda nomiga qarab, oldida turgan ( to'plamdagi moddalarning nomlari oldindan yozib qoyilishi kerak) to'plamdan topib, jadvalning "Agregat holati" degan joyini to'ldiradi. O'qituvchi bergan qog'ozga to'ldirilib turilgan ma'lumotlar baravariga laboratoriya ishi daftariga chizgan jadvalga ham yozib turishlari kerak. 6) Vaqt tugagach 1-guruh o'zining A-4 formatli qog'ozini (guruhini belgilab) 2-guruhga, qolgan guruhlar ham shu ketma-ketlikda,6- guruh esa 1-guruhga uzatadi. 7) Materiallar almashinib bo'lingach hamma guruh baravariga oldida turgan qog'ozdagi boshqa guruh tuzining nomi yozilgan jadvalni "Rangi" degan joyini to'ldiradi. 8) Har bir guruh shu tarzda o'zining qog'ozi aylanib oldiga kelguncha ("Bumerang" - aylanib o'ziga qaytish) jadvaldagi moddalarning fizik xossalarini yozib boradi. 9) Qog'ozlar 6 marta aylanib jami 12 minut vaqt ichida 6 xil moddaning 6 ta xossasi to'ldiriladi, ya'ni har bir guruh qog'ozlarni aylantirishda har xil tuzlarga, lekin hammasi bir xil xossaga javob yozishadi. Darsning borish jarayonida o’qituvchi tomonidan quyidagi ma’lumotlar berib o’tiladi: Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar Erituy- chilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishi- ni ko'rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni, shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo'lishini; yod moddasini spirtda eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo'lishini ko'rganmiz. Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi ma'lum miqdordagina bo'ladi. Shu miqdorni ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko'p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20°C dagi eruvchan- ligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20°C)=36 Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo'linadi : 1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko'p eriydi). KCI, NaNO,, shakar, spirt, gazlar (HCI, NH,). 2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (HO)1g dan kam eriydi). CaSO, CaCO,, BaSO, MgCO, PbSO,, benzin, gazlar (CH₁, N2, H₂). 3) Amalda erimaydigan moddalar (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam oltin, kumush, mis. Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog'liq, masalan moddaning tabiati va haroratga bog'liq. Qattiq moddalarning ko'pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi, chunki ko'pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yuti ladi. Shuning uchun harorat ko'tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi. Masalan tuzli suv tayyorlanganda, 1 stakan sovuq suvga tuz solib aralash tirsak, tuz sekin-asta eriydi, baʼzan erimay qolgan tuz idish tagida qolib ke tishini ko'rganmiz Endi shunday miqdordagi tuzni stakan issiq suvga solib aralashtirsak, tuz tezda erib ketadi Ushbu misoldan xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, qattiq moddalarda harorat eruvchanlikka to'g'ri proporsional ya'n harorat ko'tarilganda tuzlarning eruvchanligi ham ortib boradi va ko'proq miqdorda tuz suvda eriydi Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya'ni harorat ko'tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi, Harorat olm pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi. Masalan bir stakan suv olib, uni muzlatkichga (t-3°C) qo'yamiz 30 daqiqa vaq o'tgandan keyin, stakandagi suvni xona harorati (t-20-25 °C) sharoitiga olamiz dag Ma'lum vaqt o'tgandan keyin stakan devorida mayda pufakchalarni ko'rishi- da miz mumkin. Bu pufakchalar suv muzlatkichda bo'lgan vaqtda unda erigan gazlarning yuqoriroq haroratda erimay, yana gaz holatiga o'tib qolganini bildiradi Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta'sir ko'rsatadi. Bosim yuqori bo'lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchanlik ham kamayadi. Gazlarning suvda eruvchanligiga bosimning ta'sirini g'avvosning suvga sho'ng'ishi misolida ko'rsak bo'ladi G'avvos suv ostiga qanchalik chuqur tush- gani sari bosim ham ortib boradi va shunga mos ravishda g'avvosning qonida erigan gazlar (0;, CO; va boshqalar) miqdori ham orta boradi. G'avvos suv ostidan yuqoriga qaytib chiqayotganida atrofdagi bosimni kamayishi hisobiga qonda erigan holatda bo'lgan gaz moddalari qondan ajralib chiqib g'avvosni o'pkasi orqali tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun g'avvosni yuqoriga ko'- tarilishi sekin-asta bo'lishi kerak Agar g'avvos suv ostidan yuqoriga juda tez ko'tarila boshlasa, qondan ajralib chiqayotgan gazlar o'pka orqali chiqib ketishga ulgurmay qoladi va bosh miya va turli a'zolarida qon tomirlarga tiqilib qoladi, qon aylanishi buziladi Shu payt zudlik bilan yordam ko'rsatilmasa, g'avvos halok bo'lishi mumkin Gazlar yuqori bosim va past haroratda suvda yaxshi erigani uchun gazli ichimliklarni tayyorlashda shu sharoitdan foydalaniladi Biz gazli ichim- liklarni qopqog'ini ochishimiz bilan bosim kamayadi va atrofdagi haroratda yuqori bo'lgani uchun ichimlik tarkibida erigan gazlarning eruvchanligi kamayib, gazlar erigan holatdan gaz holatiga o'tib, tez ajralib chiqa boshlayd Yuqorida keltirilgan misollar gazlar eruvchanligi bosimga to'g'ri propor- sional, haroratga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi. Biror moddani eruvchanligini aniqlash uchun, stakanga 100 g distillangan suv solib, haroratni aniq belgilab olinadi va distillangan suvga oz miqdorda modda qo'shib, aralashtiriladi Agar modda to'liq erib ketsa, moddadan yana solinadi va aralashtiriladi. Moddani qo'shish modda erimay stakan tagiga cho'kib qolguncha davom ettiriladi. Shu 100 g distillangan suvda necha gramm modda erigani aniqlanadi va bu massa shu moddaning ayni harorat- dagi eruvchanlik koeffitsiyenti bo'ladi. Hosil bo'lgan eritmani esa shu harorat uchun to'yingan eritma deyiladi Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko'ra eritmalar. 1. To'yingan eritma 2. To'yinmagan eritma. 3. O'ta to'yingan eritmalarga bo'linadi. Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy olmaydigan eritma to'yingan eritma deyiladi. Agar biror eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin bo'lsa, bunday eritma to'yinmagan eritma deyiladi. To'yinmagan eritma- dagi erigan modda miqdori shu haroratda tayyorlangan to'yingan eritma tarkibida bor bo'lgan modda miqdoridan kam bo'ladi. Biz amalda asosan to'yinmagan eritmalar bilan ishlaymiz O'ta to'yingan eritmada erigan modda miqdori shu harorat uchun to'yingan eritma tarkibidagi bor bo'lgan modda miqdoridan ko'proq boʻladi. Qo’shimcha ma’lumotlar: Suvli eritmalarda erish jarayonlari Erish-moddaning erituvchi ta'sirida molekulalarga ajralishi va eritmada tarqalishi. Masalan: shakar suvga solinganda shakar moddasi suv ta'sirida molekulalarga ajralib, suv bilan aralashib ketadi (diffuziya sodir bo'ladi), bu shakarning suvda erishi deyiladi. Hamma vaqt erish bilan birga kristallanish ham sodir bo'ladi. Erish bilan kris- tallanish bir-biriga teskari jarayonlar, Kristallanish - erigan modda molekulalarining birlashib, eritmadan ajralishi (cho'kishi). Eritma - erituvchi molekulalari bilan erigan modda molekulalari orasida doimiy fizik - kimyoviy o'zgarishlar bo'lib turadigan bir jinsli (gomogen) sistema eritma deyiladi. Eritma ikki qismdan iborat bo'ladi. 1) Erituvchi-eritma tayyorlanganda o'z agregat holatini saqlab qolgan modda, agar aralashayotgan moddalarning agregat holat- lari bir xil bo'lsa, massa yoki hajm jihatdan ko’proq olingan modda. 2) Erigan modda eritma tayyorlanganda o'z agregat holatini saqlamagan modda, agar aralashayotgan moddalaring agregat ho latlari bir xil bo'lsa, massa yoki hajm jihatdan kamroq olingan modda. Eruvchanlik moddaning erituvchida erish qobiliyati Eruvchanlik koeffitsiyenti ayni temperaturada 100 g entuvchida erib, to'yingan eritma hosil qiladigan erigan moddaning gramm miqdori, Moddalar eruvchanligiga ko'ra 100 g suvda: 1) 1.00 g va undan ko'p erisa-yaxshi eriydigan (NaCl, NaOH, HCI); 2) 0,001 g dan-1,00 grammgacha erisa-kam (yomon) eriydigan (CaCO 3 , O 2 ). 3) 0.001 g dan kam erisa - amalda erimaydigan modda (shisha, Ag 2 S, CUS) deyiladi Eruvchanlik 1) modda tabiatiga (erituvchi va eruvchi), 2) temperaturaga; 3) bosimga bog'liq. Moddalar eriganda kristallarning yemililishi, ularning zarralarini bir biridan ajratish uchun qancha ko'p kuch talab etilsa, erishi shuncha qiyin bo'ladi. Temperatura o'zgarishi bilan moddalarning eruvchanligi ham o'zgaradi. Odatda, qattiq mod- dalarning eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan ortadi. Ko'pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi va shuning uchun temperatura ko'tarilishi bilan ulaming eruvchanligi ortadi. Temperatura ko'tarilganda tuzning kristallarini tashkil etgan ionlarning tebranish harakati kuchayadi va ionlar oson uzilib, kristallar oson yemiriladi, ya'ni eruvchanlik ortadi. Gazlarning eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan kamayadi, bosim ortishi bilan esa ko'payadi. Gazlarning erishida issiqlik ajralib chiqadi, ya'ni ularning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Le-Shatelye prinsipiga muvofiq, temperatura ko'tarilishi bilan muvozanat chap tomonga siljiydi, suyuqlik ustidagi gaz ko'payadi va eruvchanlik kamayadi. Qattiq moddalarning suyuq- likda erish vaqtida ketma-ket ikki jarayon sodir bo'ladi: 1. Qattiq moddalaring kristall panjarasi buzilib, modda zarra- chalari eritma hajmiga tarqaladi: CUSO 4 Cu²+SO 4 -2 Q 1 Bu jarayon vaqtida issiqlik yutiladi. Mazkur yutiladigan issiqlikni Q 1 deb belgilaymiz. 2. Modda erigan vaqtida uning zarrachalarini erituvchi (suv) zarrachalari bilan, ko'pincha, kimyoviy birikadi: Cu²+ 4H 2 O= [Cu(H2O4)] 2+ + Q₂ olingan birikma gidrat deb ataladi, jarayon esa gidratlanish deyiladi. Fanlararo bog’liqligi. Biologiya , Fizika ,Geografiya Mavzuga oid o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan turlixildagi TAJRIBALAR o’tkazildi .Turli xildagi eritmalar tayyorlash,yanada dars jarayoni qiziqarli o’tishi uchun qiziqarli tajribalar o’tkazildi.Albatta TEXNIK XAVFSIZLIK QOIDALARGA rioya etgan holda!!! 1-Tajriba:Moddalarning eruvchanligiga qarab turli eritmalar tayyorlash va sulfat ionini borligini aniqlash. Kereakli jihozlar:Probirka,stakan,shpatel Reaktivlar:Sulfat kislota,natriy sulfat,mis sulfat,alyuminiy sulfat Ishning borish tartibibi: 1. To'rtta probirkaning birinchisida H 2 SO 4 , ikkinchisiga Na 2 SO,, uchin- chisiga CuSO 4 va to'rtinchisiga aluminiy sulfat eritmalaridan 2-3 ml dan quying. 2. Eritmalarning har biri ustiga 1-2 ml dan BaCl 2 eritmasidan quying. 3. Har bir probirkada sodir bo'lgan o'zgarishlarni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Mustaqil xulosa uchun topshiriqlar:Hosil bo’lgan mahsulotlarning reaksiya tenglamalarini laboratoriya daftariga yozing. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling