1. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan?


Download 19.17 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi19.17 Kb.
#1006349
1   2
Bog'liq
тарихдан саволлар-жн

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

8. Jamoat birlashmalari nima?


O‘zbekistonda turli jamoat tashki¬lotlari ham faoliyat ko‘rsat¬moqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyush¬malari turli kasb egalari bo‘lgan xo¬dim¬larning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy muno¬sa-batlaridan qat’i nazar ixtiyo¬riy birlashtiruvchi mustaqil om¬maviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsat¬moqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyush¬malari amaliyoti andozalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi.

9. Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi?


Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha organlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi ma’lu¬mot¬lariga ko‘ra, 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlariga ixtiyo¬riy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqal¬po¬g‘iston Respublikasi,12 viloyat hamda Тoshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muam-molarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi¬dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo‘l¬lab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘¬mi¬tasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mi¬talari, Тoshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish¬lamoqda.
 
10. Ommaviy axborot vositalari nima?
Ommaviy axborot vositalari xalqqa il¬miy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ma¬da¬¬niy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’¬lu¬motlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to‘la davlat monopoliyasiga olingan bo‘lib, kom¬munistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o‘zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24- aprelda „Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida“ va „Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida“, 1997-yil 26- dekabrda „Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda. 
Download 19.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling