1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi Institutsional matritsa


Download 146 Kb.
bet3/7
Sana13.12.2022
Hajmi146 Kb.
#1000144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rasmiy va norasmiy normalarni muvofiqlashtirishning zarurati

Institut – bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:

  • individlarning guruhlanish belgilari;

  • muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);

  • maqsad;

  • norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;

  • sanksiyalar.

  • Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda) va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:

  1. Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;

  2. Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;

  3. Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.

  4. Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.

Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi,ya’ni bunda sanksiya ishga tushadi.Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling