Detallashtirish deganda nima tushiniladi? Detallashtirish deganda o’rganilayotgan yaxlit iqtisodiy jarayonni mayda bo’laklarga, qismlarga bo’lib o’rganish tushuniladi.
Tizimlashtirish deganda nima tushuniladi? Xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy jarayonni (tahlil predmetini) o’rganish uchun mantiqan ketmaketlikni ta’minlagan holda tartibga solish tizimlashtirish deb tushuniladi.
Umumlashtirish deganda nima tushuniladi?Korxonaning xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy jarayonni tahlil qilganda, uning barcha jihatlarini o’zaro bog’lagan holda o’rganib, yaxlit xulosaga kelish tushuniladi.
2. Iqtisodiy tahlil fanining metodologik asoslarini ifodalovchi kategoriyalar tasnifi
Tahlilninig metodologik asoslarin iifodalovchi kategoriyalar quyidagilardir:induksiya va deduksiya, makon va zamon, analiz (tahlil) va sintez, shakl va mazmun, sabab va oqibat, miqdor va sifat.
Indkusiya deganda nima tushuniladi? Indkusiya deganda tahlil qilinayotgan iqtisodiy jarayonning ( predmetning) xususiylikdan umumiylikka qarab o’rganilishi tushuniladi
Deduksiya deganda nima tushuniladi? Deduksiya deganda tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisa (jarayon)ning umumiylikdan xususiylikka qarab o’rganilishi tushiniladi.
Makon va zamon kategoriyalari ham tahlilning muhim metodologik asoslaridan
biridir
Makon deganda nima tushuniladi? Makon deganda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa
(jarayon)lar sodir bo’lgan va bo’layotgan xo’jalik yurituvchi subyekt tushuniladi (fermer xo’jaligi, shirkat xo’jaligi va boshqalar).
Zamon deganda nima tushuniladi? Zamon deganda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa (jarayon)lar holati va harakatini aks ettirgan, qamrab olgan hisobot davri tushuniladi (oy, chorak, yarim yil, yil).
Analiz va sintez kategoriyalari ham iqtisodiy tahlilni metododologik asoslaridan bo’lib hisoblanadi.
Tahlil deganda nima tushuniladi? Tahlil deganda bir butun yaxlit iqtisodiy jarayonni (predmetni ) bo’laklarga,qismlarga bo’lib,o’rganish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |