1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
)Merkantilizmmaktabining rivojlanishi bosqichlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19)Angliya merkantalizmi tomas man uilyam stafford
18)Merkantilizmmaktabining rivojlanishi bosqichlari
Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi. 19)Angliya merkantalizmi tomas man uilyam stafford Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili Uilyam Staffordning (1154–1612 y.) hayot faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo’lgan quyidagi g’oyalarni ilgari surgan: 1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar bo’lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi; 2) chetga xom ashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin); 3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymasli uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi; 4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’liq man etishni tavsiya etdi. Angliyada keyingi etuk merkantilizm Tomas Man (1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z davrining yirik savdogar, Ost-Indiya kompaniyasining direktorlaridan biri bo’lgan. Kompaniyani chetga moneta chiqargani uchun tanqid qiluvchilardan uning manfaatini ximoya qilish maqsadida T.Man 1621 yilda «Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi to’g’risida mulohaza» kitobini chop etdi. Monetaristlar konstepstiyasiga savdo balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. T.Man 1630 yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilib o’tadi. T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» yo’li bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’mol qilishdan o’zini tiyishni tavsiya etadi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling