1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
). Ibn xaldun ôrta asrlarning buyuk donishmandidir
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
13). Ibn xaldun ôrta asrlarning buyuk donishmandidir
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Аbdurrahmon Аbu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tugʼilgan, Fes sultonida xattot-kotib boʼlgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi boʼlgan. Аsosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan boʼlib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, gʼarb olimlari Makiavelli, Monteskьega katta taʼsir koʼrsatdi. Olimning kontseptsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyatsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir. Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Аsarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shoxlik hoqimiyati, odamlarning daromadlari»ni oʼrganish asosiy vazifa qilib qoʼyilgan. Olim: «Insonga xos boʼlgan jihatlarga yashash uchun mablagʼ, narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga boʼlinadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi». Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta eʼtibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning oʼrni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va sanʼatning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining oʼsishi» bilan bogʼliq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat boʼlmasa, buyum ham boʼlmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida «zaruriy» va «qoʼshimcha mahsulot», «zaruriy va qoʼshimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning isteʼmol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini taʼrifladi. Zamon va makonda oʼz zamondoshlaridan ancha ilgari bu gʼoyalarni berdi.«Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli boʼlsa - unga sarflangan mehnatiga teng», «daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan oʼrni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling