1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
) Qur'ondagi iqtisodiy goyalar
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
12) Qur'ondagi iqtisodiy goyalar
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Kurʼoni karimdagi «Englar, ichinglar, xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng aktual masalaga aylangan). «Daryo boʼyida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli. Islom huquqshunosligida foydaning eng yuqori miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring). Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy gʼoyalarning asosi Qurʼoni karimda (arabcha qiroat, yaʼni oʼqish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Аrabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga daʼvat kuchaydi. Bu harakat soʼnggi din - Islomda oʼz aksini topdi. Islom taʼlimoti paygʼambarimiz Muhammad alayhissalomga Аlloh taolo tomonidan nozil qilingan Kurʼoni karimda mujassamlangan. Islomdagi yoʼl-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan boʼlib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng oʼrin berilgan. Qurʼoni karimdagi asosiy gʼoyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi boʼlib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulugʼlandi, barcha boylik shu asosda paydo boʼlishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Аllox taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxoʼrlikni, yaʼni riboʼ (sudxoʼrlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va toʼgʼrilikka buyuriladi va yolgʼon ishlatish, oʼgʼrilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Аllox taoloning Qurʼoni karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-esirlarga muruvvat, xayr-exson qilish (3-sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan gʼoyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar xaqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb eʼlon qilingan. Shuningdek, oʼzaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas deyiladi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling