1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
Qadmgi xitoyda iqtisodiy ijtimoiy va falsafiy qarashlarning asosiy yönalishlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6). Antik dunyomamlakatlari jamiyatining öziga xos xususiyatlari
5. Qadmgi xitoyda iqtisodiy ijtimoiy va falsafiy qarashlarning asosiy yönalishlari
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o‘rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to‘plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko‘paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‘proq qo‘llaydi. Bu yerda u xususiy mulkni xo‘jalik yuritishda ustun qo‘yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko‘rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy» kishilar shug‘ullanadi, deb qayd qilib o‘tadi. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to‘g‘ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g‘oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‘lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Asarda ko‘rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o‘lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‘lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‘g‘risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‘sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo‘ladi, deb qayd etiladi. 6). Antik dunyomamlakatlari jamiyatining öziga xos xususiyatlari Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m. o. 384–322 y.) hisoblanadi. O‘z mamlakatida shakllangan natural-xo‘jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy savollar bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funksiyasi bo‘lsin yoki yer egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo‘lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi. Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo‘yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo‘lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo‘lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo‘q). Ekonomikadan farqli Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling