1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
). Ksenofontning iqtisodiy qarashlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8) Platoning ideal jamiyati
7). Ksenofontning iqtisodiy qarashlari
Ksenofont «Daromadlar to‘g‘risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‘lini tavsiya etadi: 1.xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‘paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‘batlantirish; 2.kumush qazib olishni kengaytirish; 3.qullar savdosini tashkil etish. Uning ko‘p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‘g‘risida» va «Ekonomikos» (xo‘jalik to‘g‘risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‘zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko‘pincha o‘sha odamning o‘zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug‘ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko‘pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o‘zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‘p joylarda o‘sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya. Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‘lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari, natural-xo‘jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‘ra sudxo‘rlikka qarshi bo‘lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo‘lgan muomala vositasi va jamg‘arish vositasi funksiyalarini ko‘rsatib bergan. 8) Platoning ideal jamiyati Ideal “davlat”da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‘rsatiladi: Faylasuflar. Harbiylar. Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning (faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa – harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgach, olimning fikriga ko‘ra, butun jamiyatni boshqaradi. Bunda faylasuflar ham, harbiylar ham xech qanday mulkka egalik qilmaydilar (davlat manfaatlari yo‘lida chalg‘ib ketmaslik uchun); ularning moddiy ta’minotini tekischilik tamoyili asosida davlat o‘z zimmasiga oladi. Barcha xo‘jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan–yer egalari, savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin fuqarolar mulki va shuning uchun «Davlat» muallifi tomonidan ular hech bir toifaga kiritilmadi. Platon fikricha, ideal davlatda (qur’a bo‘yicha) uy-joy, yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan (ya’ni to‘la bo‘lmagan mulk huquqi) berilgan bo‘lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‘rt martadan ko‘p farq qilmasligi kerak. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling