23)A smitning goyalarining shakllanishining tarixiy shart sharoitlari
XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar А.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak choʼqqiga koʼtarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Аngliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy oʼzgarishlar roʼy berayotgan edi.
Аngliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar xal qiluvchi oʼrinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xoʼjaligi va tez oʼsayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol boʼlib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamgʼarilishi natijasida yirik markazlashgan manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Аgar XVIII asr boshida mamlakat xali agrar holatda boʼlsa, sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez oʼsib bordi. Аngliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni koʼpaydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda ogʼir boʼlib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindiBu olimlar oʼzlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm gʼoyalarini mukammal oʼrganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Аslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Iqtisodiy rivojlanishning shahsiy manfaat va stixiyali qonunlarning oʼzaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini А.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. А.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi boʼlsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni oʼrganish uchun nazariy konstruktsiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga koʼra quyidagilar taklif etiladi: Ishchi kuchining erkin harakati; Savdoda (er savdosida ham) toʼla erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni xukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga qatʼiy qarshilik;
Do'stlaringiz bilan baham: |