1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


Download 130.31 Kb.
bet1/34
Sana31.01.2024
Hajmi130.31 Kb.
#1817367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org


1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi

1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
Fanning predmeti-malum davrdagi ijtimoiy qatlamlar insonlar manfatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy goyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni
Uslubi- har qanay tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi diolektika induksiya va deduksiya analiz va sintez
Ötmishdagi iqtisodiy qarashlarni örganishda obyekt va konkretlikni ajratish
Iqtisodiy nazariya va amaliyot örtadidagi özaro bogliqlikning tahlili iqtisodiy talimotlardagi umumiylik yagona va alohidalikni aniqlash
2. Qadmgi sharqda quldorlik jamiyatining öziga xos tomonlari
Qadimgi Dunyo – quldorlik davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi.Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo‘rlar to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va qullarga aylandi. To‘la huquqli bo‘lmagan (qaram) kishilar qatlamining ancha ko‘payib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq to‘lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo‘li bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan Eshnunn podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor

3. Xamurappi qonunlari va reformalar
Qadimgi Bobilda Xammurapi (m.o. 1792–1750 y.) podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami ancha obro‘ qozongan.U nafaqat bir qator qadimgi huquq me’yorlarini qayta ishlab chiqqan, balki miloddan avvalgi XVIII asrga qadar Qadimgi Mesopotamiyada tarkib topgan ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga solishga harakat qilgan. Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo‘yicha 282 moddani o‘z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo‘jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan.Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki soliq o‘lovchiga tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘, – deyiladi qonunda, – kumushga sotilishi mumkin emas”. Bundan tashqari, qonunda o‘z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik fuqarolar o‘z vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan. Qonunda sudxo‘rlar zo‘ravonligiga qarshi aratilgan moddalar ham mavjud. Hosil kam bo‘lgan paytlarda qarzlarni to‘lash muddatini bir yilga cho‘zishga ruxsat berilgan (qo‘shimcha foiz to‘lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo‘rlar o‘z holicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% 1/3) foiz me’yorini aniq belgilab bergan. Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgani uchun sudxo‘rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo‘l bilan ham) ko‘zda tutilgan.



Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling