1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
) Aristotle va uning iqtisodiy fikrlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11). Qadmgi rimdagi iqtisodiy qarashlari
10) Aristotle va uning iqtisodiy fikrlari
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m. o. 384–322 y.) hisoblanadi. O‘z mamlakatida shakllangan natural-xo‘jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy savollar bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funksiyasi bo‘lsin yoki yer egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo‘lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi. Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo‘yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo‘lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo‘lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo‘q). Ekonomikadan farqli 11). Qadmgi rimdagi iqtisodiy qarashlari Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Porsiy Katon (m.av. 234–149 y.) o‘zining «Dehqonchilik to‘g‘risida» asarida qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo‘llashga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‘jalikda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Eng foydali mahsulot deb olif yog‘ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‘rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.o. 116–27 y.) xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.o. I asr) «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo‘jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar yerni yaxshi ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‘urmaydilar. lar. Kolumella urug‘ni sepishdan boshlab to hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o‘g‘rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto‘g‘ri ko‘rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Respublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo‘lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‘lida to‘planishi va italiyalik ko‘pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‘lishi hisoblanadi. Xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153–121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarni yechish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda. qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o‘n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‘ldilar. Tiberiy Grakx ataylab o‘ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi.Islohot ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi va hatto Gay Grakx o‘limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni bekor qila olmadilar. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling