1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi
Kuatilya va uning qarashlari
Download 130.31 Kb.
|
1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi-fayllar.org
4. Kuatilya va uning qarashlari
Artxashastra» ta’limoti. Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‘rganishning asosiy manbai Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag‘ishlangan, uchinchi va to‘rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko‘rib chiqilgan, so‘ngra tashqi siyosat usullari to‘g‘risida, maxfiy xizmat to‘g‘risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‘rtta «ilmni» bilishi zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko‘riladi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‘rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‘xshaydi – undan na sut sog‘ib olib bo‘ladi». «Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‘zlagan holda, xo‘jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o‘z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo‘jayinlarga berish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug‘orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning manbai hisoblanadi...» Sug‘orish sistemasiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og‘ir jazo, hatto o‘limga mahkum etish tavsiya etiladi Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling