1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan


Download 23.02 Kb.
bet1/7
Sana08.05.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1441667
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiyot nazariya


1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqich - bu merkantilizmning yuzaga kelishidir.


Merkantilistlar ta‘limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta‘rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to‗g‗rida birinchi bo‗lib fikr bildirganlar).
Ular o‗z davrining shart-sharoitlari, boylikni qo‗lga kiritish omillarini o‗rganib, boylikning manbai muomala sohasidadir, boylikning o‗zi esa pulda ifodalanadi, degan mazmunda xulosalar chiqarganlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to‘g‘risidagi, uning manbalari va ko‘paytirish yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo‘jaligi, ijtimoiy xo‘jalik to‘g‘risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan edi.
AQSh va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan.

Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling