1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet106/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha haq belgilanadi.
Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib joriy etadi. Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan eng minimal ish haqi darajasi tarif setkasida ish haqini belgilashning asosi bo‘ladi. Keyingi razryadga taalluqli bo‘lgan ishchilarning ish haqlari razryadlar oralig‘idagi belgilangan koeffitsiyentiga ko‘ra hisoblanadi. Maoshning miqdori xo‘jalik faoliyati natijasiga bog‘liq bo‘lgan bozor subyektlari -koopyerativlar, jamoa xo‘jaliklari, shirkatlar, fyermyer, shaxsiy yordamchi xo‘jalik a’zolari ish haqlarining eng kam miqdorini davlat kafolatlamaydi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda keyingi yillarda tarif sistemasiga qo‘shimcha ravishda ishchi, xizmatchilarga haq to‘lashda uning shaxsiy ishbilarmonlik xususiyati, ishchanligi, xulqi va boshqa shunga o‘xshash sifatlari e’tiborga olinmoqda.
9.3. Kapital iqtisodiy resurs sifatida. Foiz
Tadbirkor tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish omillaridan biri kapitaldir. Iqtisodiyot nazariyasida turli maktab namoyondalari tomonidan kapital tushunchasi turlicha talqin etiladi, biroq quyidagi yo‘nalishlar asosiy hisoblanadi:
- buyumlashgan yoki naturallashgan konsepsiya;
- pul yoki monitar konsepsiya;
- “inson kapitali” konsepsiyasi;

Buyumlashgan konsepsiyaga ko‘ra kapital, bu sotishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish vositalari yoki tayyor mahsulot.
Pul nazariyasiga binoan kapital - bu foiz keltiruvchi pul.
Inson kapitali” nazariyasi XX asrning 60 yillarida inson omilining ahamiyati oshishi natijasida neoklassiklar tomonidan asoslangan. Unga binoan ishlab chiqarishda “Jismoniy kapital” bilan birga “Inson kapitali” qatnashadi, unga olingan bilim, ko‘nikmalar kiradi.
Umuman olganda kapital mazmun - mohiyatiga ikki yondashuv mavjud:
- foyda keltiradigan qiymat (klassik maktab);
- daromad keltiradigan har qanday ne’mat (neoklassiklar).
Biroq bu turli qarashlarni umumlashtiruvchi jihati- kapitalni daromad keltirish qobilyatidir.
Kapital ishlab chiqarishning maxsus omili sifatida korxona ixtiyoridagi har qanday moddiy va pul resurslarini birlashtiradi.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda kapitalning turli elementlari turlicha harakat qiladi. Agar biz, masalan, xomashyo, matyeriallar kabi kapitalning bir qismini oladigan bo‘lsak, unda ularning yangi tovarlarni yaratishda ishtirok etishi vaqtinchalik, ya’ni qayta ishlash jarayoniga kirsa, ular darhol o‘z moddiy shakllarini o‘zgartiradilar va matyerialdan tayyor mahsulotga aylanadi. Masalan, tyeridan kurtka ishlab chiqariladi tyeri charm kurtkaga aylanib o‘zining birlamchi shaklini o‘zgartiradi. Shu bilan birga, xomashyoni, matyeriallarni tayyor mahsulotga aylantirishda ishtirok etgan mashina o‘z moddiy shaklini saqlab qoladi. Demak, unumli kapitalning tarkibiy elementlarini ishlab chiqarish jarayonida qatnashish davomiyligi va o‘z qiymatini tovarga o‘tqazish tavsifiga ko‘ra asosiy va aylanma kapitalga bo‘lishimiz mumkin.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling