1. iqtisodiyotga kirish
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amortizatsiya normasi
Asosiy kapitalga - bino, asbob-uskuna, stanoklar va boshqalar kiradi. Ular ishlab chiqarishda ko‘p marta qatnashib qiymatini tovarga bo‘lak- bo‘lak qilib o‘tkazadilar.
Aylanma kapitalga - xomashyo, matyeriallar va ishchi kuchi kiritiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini mahsulotga butunlay o‘tkazadi. Asosiy kapital ishlatilishi jarayonida eskiradi va aynan eskirgan qismiga teng qiymat tayyor mahsulotga o‘tkaziladi. Asosiy kapitalning jismoniy eskirishi - bu iste’mol qiymatini yo‘qotishidir. Asosiy kapitalning ma’naviy eskirishi – bu yangi arzon ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va o‘sha narxda unumdorligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining yaratilishi natijasida qiymatini yo‘qotishi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni ishlatish vaqti davomida qiymatining tayyor mahsulotga o‘tishi va uning amortizatsiya fondida jamg‘arilishiga amortizatsiya deyiladi. Amortizatsiya fondi jismoniy va ma’naviy eskirishi hisobiga ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilgan asosiy kapital elementlarini tiklash uchun sarflanadi. Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy eskirishini hisobga olish amortizatsiya normasini aniqlashga imkon beradi. Amortizatsiya normasi – bu yillik amortizatsiya ajratmalar summasining asosiy ishlab chiqarish kapitalining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati. U foizlarda ifodalanadi. Amortizatsiya normasi necha yil davomida asosiy kapital qiymati tiklanishi zarurligini ko‘rsatadi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida dastgohlarning xizmat qilish vaqti qisqaradi, shu bois amortizatsiya’ni tezlashtirish muammosi vujudga keladi. Asosiy kapital, aylanma kapitaldan farqli o‘laroq, nafaqat uzoq vaqt ishlaydi, balki yuqori qiymatga ham ega. Bu korxona ichida asosiy vositalarni yangilash va sotib olish bilan bog‘liq tegishli moliyaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Asosiy vositalar qiymati yangi yaratilgan mahsulotga bo‘lak bo‘lak qilib uzoq vaqt davomida o‘tqaziladi. O‘tqazilgan qiymat amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida, asbob-uskunalarning amortizatsiya qiymatiga teng miqdorda ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tqaziladi. Bu holat korxonaning rivojlanishida yangi uskunalarga sarmoya kiritish muammosi alohida va murakkab masala ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu murakkablik yangi investitsiyalarning har xil turlari ichki jamg‘arish va tejash (jamg‘arma) yoki tashqi qarz olish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Asosiy va aylanma kapitaldan (fond) tashqari korxonalar mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan muomala fondlariga egadir. Muomala fondlariga sarflangan pul mablag‘lari korxonaning aylanma mablag‘larini tashkil etadi. Aylanma mablag‘lar tarkibiga korxonaning barcha aylanma mablag‘lari kiradi, ya’ni: xomashyo, matyeriallar, yoqilg‘i, elektr enyergiyasi, yarim tayyor mahsulotlar, ish haqi uchun foydalaniladigan kompaniya naqd pullari. Mahsulotni yaratishda ishtirok etadigan aylanma mablag‘larning qiymati mahsulotning kelajakdagi narxini shakllantiradi va sotilgandan so‘ng yana korxonaga ishlatilishi uchun qaytib keladi. Aylanma mablag‘larning muhim xususiyati shundaki, uning elementlari osongina pulga aylanadi, tez qiyinchiliklarsiz tovar shaklini pul shakliga o‘zgartiradi va aksincha. Pullarga tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom- ashyo, matyeriallar va aylanma mablag‘larning boshqa tarkibiy qismlarini sotib olishga sarflanadi, yaratilgan mahsulot sotilgandan so‘ng pullar korxonaga qaytib tushadi. Aylanma mablag‘larning yetarli miqdorda doimiy mavjudligi muvaffaqiyatli biznesning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Aylanma mablag‘larsiz, keyinchalik xomashyo, matyeriallar, elektr enyergiyasi va aylanma mablag‘larning boshqa elementlarini sotib olish mumkin emas. Korxonaning moliyaviy barqarorligi aylanma mablag‘larning yetarli hajmda korxonada borligi bilan ham bog‘liq. Faoliyat yuritayotgan korxonalar o‘z mablag‘larining asosiy qismini bankda doimiy ravishda saqlaydilar. Bu ularga doimiy xaridlar va to‘lovlarni (o‘z aylanma mablag‘larini) amalga oshirishga imkon beradi. Agar ularga mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, ular banklarda ochiq kredit liniyalariga ega bo‘lib, kredit (qarz aylanma mablag‘lari) olish mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling