1. iqtisodiyotga kirish
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH. MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR. 1. Milliy iqtisodiyot va uning tuzilishi
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iqtisodiy resurslarga talabni shakllanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. 2. Ishlab chiqaruvchilar va firmalar tomonidan taqdim etiladigan resursga bo‘lgan talabga qanday omillar ta’sir etadi? 3. Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabga qaysi omillar ta’sir etadi? 4. Mehnat bozorida muvozanat holatining qanday shakllanishini tushuntirib bering 5. Ish haqi darajasi deganda nimani tushunasiz? 6. Kapitalning qaysi konsepsiyalarini bilasiz? 7. Kapital bozorida muvozanatning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? 8. Asosiy va aylanma kapital o‘rtasida qanday farqlar mavjud? 9. Yerning xususiyatlarini yoritib bering.
ishlab chiqarishning barqaror darajasi- har yili turli omillar ta’sirida keskin o‘zgarishsiz ishlab chiqarish hajmini oshirib borish; narxlarning barqaror darajasi – narxlar bozor raqobati ta’sirida o‘rnatilishi va keskin o‘zgarmasligi; bandlikning yuqori darajasi – har bir xohlovchi o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi; muvozanatlashgan to‘lov balansini taminlash - mahsulotlarning eksport va importi o‘rtasida muvozanatga erishish. «Milliy iqtisodiyot» tushunchasi «iqtisodiy tizim» tushunchasi bilan chambarochas bog‘liq, chunki u «iqtisodiy tizim» tushunchasini aniqlashtiradi, mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi, xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, madaniy , tarixiy an’analari va boshqa omillarga bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Milliy iqtisodiyot yaxilt organizm sifatida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1) umumiy iqtisodiy makon, yagona qonunchilik bilan; 2) yagona pul birligi, umumiy pul-moliya tizimi; 3) umumiy takror ishlab chiqarish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqalar mavjudligi; 4) tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi rolni bajaradigan yagona iqtisodiy markazga ega bo‘lgan hududiy aniqlik Milliy iqtisodiyotning strukturasi uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror miqdoriy nisbatlarni aks ettiradi. Milliy iqtisodiyotni takror ishlab chiqarish, ijtimoiy, tarmoq va hududiy strukturalari va infratuzilmasi farqlanadi: Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling