1. iqtisodiyotga kirish
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi ichki mahsulot
- Nominal YaMM
Foydalaniladigan daromad – bu soliqlarni to‘lagandan so‘ng aholida jamg‘arish va iste’molga qolgan daromad. Foydalaniladigan daromad shaxsiy daromaddan individual soliqlar ( daromadga, shaxsiy mulkga, merosga)ni ayrib tashlash orqali hisoblanadi.
MHTdagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik: 1) Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof milliy mahsulot; 2) Sof milliy mahsulot - egri soliqlar = milliy daromad; 3) Milliy daromad - ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlar – korporatsiyalarning foydasiga soliq - korporatsiyalarni taqsimlanmagan foydasi + transfert to‘lovlari= shaxsiy daromad; 4) Shaxsiy daromad - shaxsiy daromadlarga soliqlar = foydalaniladigan shaxsiy daromad; 5) Foydalaniladigan shaxsiy daromad 10.5. Narxlar indeksi Har xil yillardagi YaMMni pul birligining qiymati o‘zgarmagan holdagina taqqoslash mumkin. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar joriy va qiyosiy (bazis) narxlarda hisoblanadi. Shunga ko‘ra amaliyotda nominal va real yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichlari farqlanadi. Nominal YaMM joriy narxlada hisoblangan bo‘ladi. Real YaMM inflytasiya (narxlarninh o‘sishi) ga yoki deflyatsiya (baxolarning pasayishi)ga qarab to‘g‘rilangan bo‘ladi. Nominal YaMM mahsulot miqdorining va narxlar darajasining o‘sishiga qarab oshib borishi mumkin. Real YaMM da esa narxlar darajasi ta’sir etmaydi. Shuning uchun real YaMM tovar va xizmatlarning hajmini o‘lchab beruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Nominal YaMM(YaIM) Real YAMM(YAIM) = ------------------------------------------- x 100% Narxi indeks Narx dinamikasini o‘lchash va nominal YaMMni real YaMMga keltirish uchun quyidagi indekslardan foydalaniladi: YaMM deflyatori, narx darajasi va iste’mol tovarlar narxi. Ushbu ko‘rsatkichlar baza yili asosida hisoblanadi, ya’ni joriy yildagi o‘rtacha narxlarning baza yildagi o‘rtacha narxlarga nisbatan qanchaga o‘zgarganini ko‘rsatadi. Narx darajasini hisoblaganda baza yili ko‘rsatkichi 1ga teng qilib, narx indeksini hisoblaganda esa 100 ga teng qilib belgilanadi. Narx darajasini va narx indeksi bir xil axboratni aks ettiradi, biroq narx indeksi ko‘proq mashhurdir. Narxlar darajasi iqtisodiy modellarni qurishda foydalaniladi. Indekslarning o‘sish sur’atlarini inflyatsiya sur’atlari ko‘rsatadi. Narxlar darajasi indeks shaklida ifoda etiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling