1. iqtisodiyotga kirish


Milliy daromad – bu mamlakatda bir yilda olingan ish haqi, renta, foiz va foyda summasidir


Download 1.03 Mb.
bet123/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Milliy daromad – bu mamlakatda bir yilda olingan ish haqi, renta, foiz va foyda summasidir. Milliy daromad miqdorini aniqlash uchun sof milliy mahsulot miqdoridan egri soliqlar (T) miqdori ayrib tashlanadi: MD = CMM – T
Ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan daromad – bu barcha tovar va xizmatlarning yangidan yaratilgan qiymatidir. Foydalanilgan milliy daromadni esa ishlab chiqarilgan milliy daromaddagi tabiiy ofatlardan va boshqa turdagi yo‘qotishlardan, shuningdek tashqi savdo saldosi chegirib tashlangandan so‘ng qolgan qismi tashkil etadi. Milliy daromad o‘zining harakatida ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlaridan o‘tadi. Uning oshib borishining asosiy omilini ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishi tashkil etadi. Milliy daromadning birlamchi taqsimlanishi ish haqi, foyda, yer rentasi shaklida amalga oshiriladi. Milliy daromadning qayta taqsimlanishi davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Y’ani ani olingan daromaddan har bir iqtisodiy agent soliq to‘laydi; u esa davlat byudjeti tarkib topishining asosi bo‘lib hisoblanadi. Milliy daromad iste’mol va jamg‘arish uchun foydalaniladi. Iste’mol - bu milliy daromadning joriy iste’mol uchun yo‘naltiriladigan qismi. Jamg‘arish esa milliy daromadning qurilayotgan obyektlarga, innovatsiyalarga kapital qo‘yilma va investitsiyalar qilinadigan qismidir. Jamg‘arish ishlab chiqarishning rivojlanishini va kelajakda iste’molni ta’minlaydi.


Shaxsiy daromad – bu alohida shaxslar tomonidan ishlab topilgan yoki olingan daromaddir. Gap shundaki, milliy daromadning bir qismi aholining ixtiyoriga kelib tushmaydi. Bu ijtimoiy sug‘urta tizim to‘lovlari, korporatsiyalarng foydasidan soliqlar, korporatsiyalarni taqsimlanmagan foydasi. Demak, shaxsiy daromadni milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlar, korporatsiya foydasiga soliqlar, korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasini ayrib, transfert to‘lovlarni qo‘shgan holda aniqlash mumkin.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling