1. iqtisodiyotga kirish


Yalpi talab tushunchasi, yalpi talab egri chizig‘i va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 1.03 Mb.
bet129/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

11.2 Yalpi talab tushunchasi, yalpi talab egri chizig‘i va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar

Yalpi talab –ma’lum davr mobaynida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va xizmatlarga makroiqtisodiy subyektlarning jami sarflari.

11.1. -rasm Yalpi talab egri chizig‘i.
Yalpi talab mavjud bo‘lgan narx darajasida iste’molchi sotib olishga tayyor bo‘lgan narx darajasi va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi Yalpi talab egri chizig‘i (AD) - har bir narx darajasida qancha miqdorda tovar va xizmatlar sotib olinishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Abssissa chizig‘i real YaIM yoki ishlab chiqarishning real hajmini, ordinata chizig‘i esa narx darajasini ko‘rsatadi. Yalpi talab bozor talabiga nisbatan murakkabroq tushuncha bo‘lib, jamiyat miqyosida quyidagi tashkil etuvchilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
-uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari (C);
-firmalarning investitsiyaviy sarflari (I);
-davlat xaridlari (G);
-sof eksport (Xn).
Demak, Yalpi talab kuyidagicha ifodalanishi mumkin:
AD = S + I + G + Xn
Yalpi talabga eng avvalo narx darajasi ta’sir etadi va uning miqdorini o‘zgartiradi. Narx omili ta’sirida talab teskari proporsional o‘zgaradi, ya’ni narxning pasayishi yalpi talab hajmining oshishiga, ko‘tarilishi esa yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi.
Talabning o‘zgarishi AD egri chizig‘ining siljishiga olib keladi. Ushbu holat yalpi talabga narxdan tashqari omillarning ta’siri natijasida ro‘y beradi. Bu omillar yalpi talabning tarkibiy qismlariga (S + I + G + Xn ) ta’sir etuvchi omillardir. Yalpi talabga quyidagi narxdan tashqari omillar ta’sir etadi:


1. Turli iste’molchilarning iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Bu iste’molchi farovonligi darajasi, iste’molchining kutishidagi o‘zgarishlar, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi. Ushbu omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y beradi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling