1. iqtisodiyotga kirish


Bozor iqtisodiyotining yana bir muammosi: qanday qilib bozor tizimi iqtisodiyotni ishlab chiqarish vositalari


Download 1.03 Mb.
bet20/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

4. Bozor iqtisodiyotining yana bir muammosi: qanday qilib bozor tizimi iqtisodiyotni ishlab chiqarish vositalari, ya’ni kapital bilan ta’minlaydi?
Bozor tizimi texnik taraqqiyotning rivojlanishini, uning natijalarini, ya’ni innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishni rag‘batlantirib turadi.Tadbirkor raqobatni sharoitida korxonasini yangi, samarador texnika va texnologiya bilan jihozlashga, shunga yarasha yuqori malakali ishchi va xodimlarni yollashga, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga harakat qiladi. Maqsad- yuqori foyda olish va raqobatda yutish. Ammo texnika taraqqiyoti oqibatida ishlab chiqarish vositalari miqdori oshib boradi. Bunga kapitalni jamg‘arish orqali erishiladi. Texnika taraqqiyoti xarajatni talab etadi, ikkinchi tarafdan xuddi xarajatlar tadbirkorga foyda keltiradi. Boshqacharoq aytganda kapital doimo harakatda bo‘ladi. Tadbirkor olgan foydasini ikki bo‘lib ishlatadi. Birinchi qismi iste’molga, ikkinchisi jamg‘arishga. Jamg‘arishga mo‘ljallangan qismini tadbirkor ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya qilishga sarf etadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishga 500 mig dollar avnsladi, ishlab chiqarish vositalarini (IV) sotib olishga 400 ming dollar va ishchi kuchini (IK) sotib olishga 100 ming sarf etdi. Bu sarflar natijasida 100 ming dollarli foyda oldi. Olingan foydaning 50 ming dollarini iste’molga, 50ming dollarini jamg‘arishga sarf etadi. Bunda foydaning jamg‘arishga mo‘ljallangan qismining 40 min gdollari ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga 10 min gdollari esa ishchi kuchini sotib olishga sarf etiladi. Natijada ikkinchi yilda barcha kapital summasi 550.000 dollarga teng bo‘ladi, 440.000 (IV)+110.000 (IK). Agar ishlab chiqarish sharoitlari oldingiday bo‘lsa, unda foyda massasi 10% oshib, 110.000 dollarni tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat nazorat qilish mexanizmi sifatida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni muvofiqlashtiradi, jamiyatning chegaralangan resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida korxona va resurslarni yyetkazib beruvchilarni boshqarib turadi. Bozor tizimi har doim ham yuqorida qayd qilingan muammolarni eng maqbul tarzda hal qiladi deb bo‘lmaydi. Chunki bozor tizimining ustun va kamchilik taraflari ham mavjud.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling