1. iqtisodiyotga kirish


Valyuta siyosati-davlat organi va hukumatlararo tashkilot tomonidan qabul qilingan dasturga muvofiq o‘tkaziladigan iqtisodiy tadbirlar


Download 1.03 Mb.
bet234/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Valyuta siyosati-davlat organi va hukumatlararo tashkilot tomonidan qabul qilingan dasturga muvofiq o‘tkaziladigan iqtisodiy tadbirlar.
Valyuta kursining o‘zgarishi iqtisodiyotning ahvoliga sezilarli darajada ta’sir etadi. SHuning uchun u mamlakat va davlatlararo munosabatlarda tartibga solinadi.
Davlatning valyuta kursiga ta’sir etishning to‘g‘ri va bilvosita usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bilvosita usullarga pul kredit va moliyaviy siyosatning barcha vositalari kiradi. Milliy valyuta kursiga muomaladagi pul hajmi real foiz stavkasi, inflyatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘g‘ri usullarni qo‘llash mumkin. Ularning ichidan diskont siyosatini (bank tomonidan olinuvchi foiz) va tashqi valyuta bozorlarida valyuta intervensiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. AQSHda 70- yillarda dollarning kursi pasayishi kuzatilgan. 70 - yillarning oxirlarida AQSH hukumati dollarni baquvvatlash rejasini qabul qildi. U bank hisob stavkasini oshirish va yirik ko‘lamda valyuta intervensiyasini nazarda tutar edi. Ushbu rejani amalga oshirish, boshida dollar kursining pasayishini to‘xtatish, so‘ngra esa 80-yillardan boshlab dollar kursini oshirish imkonini berdi. Bunga faqat yuqorida qayd qilingan vositalar bilan birga o‘sha davrda o‘tkazilgan kattiq pul-kredit siyosati orqali erishilgan.
Valyuta kursini tartibga solish devalvatsiyaga (valyuta kursining pasayishiga) va revalvatsiyaga (valyuta kursini oshirishga) qaratilgan bo‘lishi mumkin. Hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadlar va mamlakat iqtisodiyotidagi ahvolga bog‘liq bo‘ladi. U valyutaning devalvatsiyasiga suyanib jami talabni eksport imkoniyatlari hisobiga oshirish yoki uni revalvatsiya bilan cheklashi mumkin.
Mamlakatlar o‘zlarining valyutalarini tashqi bozorda sotish yoki sotib olish yo‘li bilan valyuta intervensiyasini amalga oshiradilar. Valyuta kursining devalvatsiyasini amalga oshirish uchun valyuta bozorlarida o‘z valyutasining taklifini oshirish zarur. Buni pulning qo‘shimcha emissiyasi hisobiga amalga oshirish mumkin. Agarda valyuta intervensiyasi revalvatsiyaga qaratilgan bo‘lsa, unda mamlakat markaziy banki o‘zining milliy valyutasini o‘zining ixtiyoridagi chet el valyutasi hisobiga sotib olishi zarur. Bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun mamlakat valyuta revalvatsiyalariga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun esa davlatlarda maxsus barqarorlashtirish fondlari tashkil etiladi.
Valyuta sohasida davlat proteksionistik siyosatni ham qo‘llashi mumkin. Uni qo‘llash natijasida davlat oltin va valyuta operatsiyalar ustidan nazorat o‘rnatadi. Milliy eksportyorlar o‘zlarining mahsulotlarini sotishdan olgan valyutalarini bozorda sota olmaydilar. Uni o‘rnatilgan kurs bilan banklarga topshirishlari, o‘rniga esa milliy valyutani olishga majbur bo‘ladilar.
Ma’muriy sohada valyuta harakatlarini muvofiqlashtirish hukumatlar darajasida olib boriladi. Valyutani tartibga solish sohasida G‘arbdagi rivojlangan “yettilik” mamlakatlari har yilgi yig‘ilishlari, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IXTT), Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) muhim o‘rin tutadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling