1. iqtisodiyotga kirish


To’lov balansi va uning tarkibi


Download 1.03 Mb.
bet235/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

22.3. To’lov balansi va uning tarkibi
To‘lov balansi - bu har bir alohida mamlakat valyutasida, chet eldan olingan to‘lovlar miqdori va ma’lum bir davr (yil, oy, chorak) uchun chet elga o‘tkazilgan to‘lovlar miqdori o‘rtasidagi nisbat; ma’lum bir mamlakat rezidentlarining boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy operatsiyalarining ma’lum bir vaqt uchun muntazam qaydnomasi. Operatsiyalar bitim asosida amalga oshiriladi.

Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlardan iborat. To‘lov balansidagi ma’lumotlar, avvalo, hukumat tomonidan valyuta, savdo, soliq siyosatini shakllantirish va siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun talab qilinadi.
To‘lov balansi umumiy xalqaro tovar va moliyaviy oqimlarni aks ettiradi. Xalqaro bitimlar, odatda, to‘lovlarning qarshi harakatini nazarda tutadigan turli mamlakatlar rezidentlari o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va aktivlar almashinuvi sifatida tushuniladi.
Har qanday operatsiya, qoida tariqasida, ikki tomon - tovarlarni yoki xizmatlarni qabul qilish va ular uchun to‘lovni taqdim etganligi sababli, u to‘lov balansida ikki marta aks ettiriladi: kredit va debet. Demak, har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit qismlarida aks ettiriladi. Shuning uchun to‘lov balansini taqqoslashning asosiy tamoyillaridan biri bu ikki tomonlama hisoblashdir.

Kredit – tovarlar va xizmatlar yoki aktivlarning mamlakatdan chiqib ketishi bo‘lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovchi to‘lovlar ekvivalentini oladi. Kredit chet ellardan ularga sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni olish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, mablag‘lar oqimi bilan olib boriladigan operatsiyalar kredit moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Ular to‘lov balansida "+" belgisi bilan aks ettiriladi.

Debet –esa ularning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‘lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarni sarflaydi. To‘lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi zarur. Debet chet ellarga to‘lovlar (mamlakatdan mablag‘ chiqishi) bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oladi va ular to‘lov balansida "-" belgisi bilan aks ettiriladi. Ushbu keltirilgan ta’riflarning barchasi to‘lov balansi moddalarining tuzilishi va o‘zaro bog‘liqligini va uning makroiqtisodiy rolini tushunish uchun juda muhimdir.
Kredit va debet o‘rtasidagi farq schyot saldosi ( qoldig‘i) deb ataladi. Agar yakuniy qoldiq ijobiy bo‘lsa, u holda mamlakat boshqa mamlakatlarga bo‘lgan talablarini oshiradi va shunga muvofiq ular oldidagi majburiyatlar ham shuncha miqdorga kamayadi. Agar yakuniy balans salbiy bo‘lsa, u to‘lov balansi defitsitini kamaytirish uchun boshqa davlatlarga nisbatan o‘z majburiyatlarini oshirishi kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda balans so‘zi saldo sifatida tushuniladi, ya’ni u yoki bu schyot uchun kredit va debet o‘rtasidagi farq.
Muayyan mamlakat va boshqa dunyo o‘rtasidagi barcha operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra, to‘lov balansi uchta asosiy elementni o‘z ichiga oladi:



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling