1. iqtisodiyotga kirish
Valyuta kursu. Valyuta bozorida valyutaga nisbatan talab va taklif
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.1 - rasm. So‘mning dollarga nisbatan almashish kursining shakllanishi.
- Ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat valyutalari o‘rtasidagi munosabatlar yoki boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan mamlakat pul birligi narxi.
- Nominal kurs – bu bir valyuta narxining boshqa valyutada ifodalanashi. Valyutalarning nisbiy narxlari kurs kotirovkalari deb ataladi.
22.2. Valyuta kursu. Valyuta bozorida valyutaga nisbatan talab va taklif.
Har qanday valyuta tizimining muhim elementlaridan biri valyuta kursidir. Valyuta kursi mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxidir. Suzib yuruvchi valyuta tizimida valyutaning kursi (narxi) bozordagi talab va taklif asosida shakllanadi. Valyutaning bozor (muvozanat) narxi bu valyuta bozoridagi valyuta taklifi unga bo‘lgan talabga teng bo‘lgan kursdir. Xorijiy valyutaga talab mamlakatning tovar va xizmatlar importiga bo‘lgan ehtiyoji, mamlakatga kirib kelayotgan turistlarning sarflari, mamlakatning to‘lashi kerak bo‘lgan to‘lovlar miqdori va shu kabilar bilan aniqlanadi. Valyutaning taklifi esa mamlakatning eksport hajmi, uning olgan zayomlari miqdori bilan aniqlanadi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif davlatning iqtisodiy ahvoliga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari, pulning real xarid qobiliyati va mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi kabi omillar valyuta kursining o‘zgarishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Valyuta bozorida, valyutaga (so‘m, dollar) bo‘lgan talab (D) va uning taklifi (S) 22.1.- rasmda keltirilgan. 22.1 - rasm. So‘mning dollarga nisbatan almashish kursining shakllanishi. En - valyuta bozoridagi valyutaga talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatga mos keladigan nominal kurs. E nuqtasi - valyuta bozoridagi muvozanat nuqtasi. En- nominal kurs (chet el valyutasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri kotirovkasi, masalan, 1 AQSH dollari uchun 12000so‘m); M - valyutaning muvozanat miqdorini ko‘rsatadi. Talab va taklif egri chiziqlari klassik ko‘rinishga ega, ammo talab va taklifni belgilovchi omillar biroz boshqacharoq. Chet el valyutasining taklifi O‘zbekiston tovarlari va xizmatlari importchilari, xorijiy investorlar va O‘zbekiston eksportchilari tomonidan shakllantiriladi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni O‘zbekiston importchilari va investorlari, o‘zbek tovarlari va xizmatlari eksportchilari tomonidan shakllantiriladi. Natijada, so‘m evaziga dollarga bo‘lgan talab almashuv kursidan pasayib boruvchi funksiyasi, so‘mga dollar taklifi esa ortib borayotgan funksiya ko‘rinishida bo‘ladi. Talab taklifdan qanchalik ko‘p bo‘lsa, valyuta shunchalik qimmatga tushadi. Boshqa bozorlardan farqli o‘laroq, ushbu bozorda har bir tovar-valyutani baholaydigan umumiy o‘lchov birligi mavjud emas. Binobarin, ushbu bozorni tovar ayirboshlash bozori deb qarash mumkin, bu yerda turli xil valyutalarning nisbatlarini juft-juft qilib tahlil qilish zarur. Valyuta nominal kursini belgilovchi omillarga kelsak, ular quyidagicha aniqlanadi: agar real valyuta kursi quyidagicha ifodalangan bo‘lsa bu yerda: Er - real valyuta kursi; Pd - o‘z mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlar narxlari darajasi, ichki narxlar indeksi; Pf - chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning narx darajasi, chet elda narxlar indeksi, u holda nominal kursni quyidagicha ifodalash mumkin Ushbu tenglama nominal valyuta kursining nima aniqlashini ko‘rsatadi: bu ikki mamlakatda real almashuv kurs va narx darajasi Agar narxlar darajasi (Pd) oshsa, masalan, O‘zbekistonda, nominal almashuv kurs (En) pasayadi, chunki, endi so‘m arzonroq va unga kamroq chet el valyutasini (masalan, AQSH dollarini) sotib olish mumkin. Boshqa tomondan, agar AQSHda narxlari darajasi (Pf) ko‘tarilsa, nominal almashuv kursi oshadi, chunki dollar arzonlashganligi sababli, so‘mga ko‘proq dollar sotib olish mumkin bo‘ladi. Har bir mustaqil davlat o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishga intiladi. Milliy valyutaning mavjudligi mamlakatning to‘liq mustaqilligi, milliy iqtisodiyotni "import qilinadigan" inflyatsiyadan himoya qilish iqtisodiyotni real va moslashuvchan boshqarish imkoniyatining kafolati bo‘lib, turli valyutalar sharoitida ularni almashtirish zaruriyati tug‘iladi Ichki almashinuvda qoida tariqasida, har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasidan foydalanadi. Har qanday mamlakatdan tovar yoki xizmatlarni import qilish uchun biz ushbu mamlakat valyutasini sotib olishimiz kerak. Ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat valyutalari o‘rtasidagi munosabatlar yoki boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan mamlakat pul birligi narxi. Ularning sotib olish qobiliyati va boshqa bir qator omillar (to‘lov balansining holati, inflyatsiya darajasi, qisqa muddatli kapitalning davlatlararo migratsiyasi) bilan belgilanadigan turli mamlakatlarning pul birliklari o‘rtasidagi nisbat. Markaziy bank yoki biron bir davlat idorasi tomonidan belgilanadigan rasmiy kurs bilan valyuta bozorida (birjada) shakllanadigan erkin kursni bir biridan farqlash lozim. Valyuta kurslarining nominal va real kursi (qiymati) farqlanadi. Nominal kurs – bu bir valyuta narxining boshqa valyutada ifodalanashi. Valyutalarning nisbiy narxlari kurs kotirovkalari deb ataladi. To‘g‘ri va teskari kotirovkalar mavjud. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladigan chet el valyutasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kotirovka qilishda kurs chet el valyutasi birligiga to‘g‘ri keladigan milliy valyuta birliklari soniga qarab belgilanadi (masalan, 1 AQSH dollari uchun 8000 so‘m). Teskari kotirovka bo‘lsa, milliy valyuta birligiga to‘g‘ri keladigan chet el valyutasi birliklarining soni aniqlanadi (1 so‘m uchun 0,008 AQSH dollari). Nominal kurs bo‘yicha ma’lumotlarning mavjudligi tashqi va ichki bozorlarning narxlarini taqqoslashga imkon beradi. Valyuta kurslarining o‘zgarishi ichki narxlarning bir xil xalqaro narx darajasida o‘zgarishiga olib keladi. Nominal kursdan farqli o‘laroq, real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari. ikkinchi mamlakat tovarlariga qaysi nisbatda ayirbrshlanishini ko‘rsatadi va shu bilan ma’lum bir mamlakatning xalqaro bozorda qanchalik raqobatdosh ekanligini ko‘rsatadi. Valyuta kursi va narxlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari bog‘liqlik mavjud: narxlarning ko‘tarilishi valyuta kursini pasaytiradi, kursning pasayishi narxlarning yangi sakrashiga olib keladi. Valyuta kurslarining quyidagi tizimlari farqlanadi: Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling