1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet192/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Xarajatlar – jami
Xalq xo‘jaligiga ijtimoiy iqtisodiy tadbirlarga jami:
undan
maorif, madaniyat fanga, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiyaga, ishtimoiy ta’minotga, ko‘p bolali va yolg‘iz onalarga nafaqa, xalqning turmush darajasini oshirish

davlat organlari va boshqaruv


Davlat byudjetining bajarilishi uch xil bo‘lishi mumkin:
- balanslashtirilgan (daromad = xarajat);
- defitsitli (daromad < xarajat);
- profetsitli (daromad > xarajat).
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari miqdori tengligi taqozo qilinadi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining miqdori daromadlar miqdoridan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi, ya’ni tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarish, asoslanmagan (puflangan) ijtimoiy sohalardagi dasturlarga sarflarni oshirish, shuningdek iqtisodiyotdagi tanazzul ijtimoiy ishlab chiqarishda me’yoriy xarajatlarning o‘sishi va hokazo.


Davlat qarzi deganda ma’lum vaqt davrida byudjet kamomadlarining yig‘indisi tushuniladi. Davlat qarzi tashqi va ichki qarzga bo‘linadi. Davlat tomonidan tashqi davlatlar, tashkilot va alohida shaxslardan olgan qarzi tashqi qarzni tashkil qiladi. Davlatning o‘z xalqidan qarzi esa ichki qarzni tashkil qiladi.
Byudjet kamomadi bilan davlat qarzi bir-biriga bog‘liq, chunki u yoki bu miqdordagi davlat byudjetining kamomadi miqdorining qanchalik xavfliligini aniqlash uchun avvalo davlat qarzining miqdorini tahlil etmoq zarurdir. Hozirgi sharoitda deyarli barcha mamlakatlarga davlat qarzlarining ortishi kuzatilmoqda.

O‘rnatilgan xalqaro standartlarga ko‘ra byudjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.


Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanadi. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrda samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Jahon amaliyotida muomaladagi pul miqdori belgilangan mamlakatlarda byudjet kamomadini qoplashning quyidagi usullari mavjud. Bular davlat zayomlari va soliq olishni ko‘paytirish, ya’ni soliqlar stavkaasini ko‘tarish. Shuni xam ta’kidlash joizki, kamomadsiz byudjet iqtisodyotning sog‘lomligidan dalolat bermaydi. Shuning uchun moliya tizimi ichida qanday jarayonlar ro‘y berayotganligini, takror ishlab chiqarish siklida qanday o‘zgarishlarni byudjet o‘zida aks ettirishini tasavvur etish va bilish lozim.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling