1. iqtisodiyotga kirish
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlarning fiskal vazifasi
- Soliqlarni taqsimlash vazifasi
18.4. Soliq tizimi
Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida korxona va tashkilotlaridan, aholidan undiriladigan pul mablag‘laridir. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar uchta muhim vazifani bajaradi: - davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi ); - ijtimoiy tengsizlikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi ); - iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Soliqlarning fiskal vazifasi orqali soliqlarning asosiy ijtimoiy maqsadi amalga oshiriladi - davlatning o‘z vazifalarini (mudofa, ijtimoiy, ekologik va boshqalarni) amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va davlat byudjet tizimida va byudjetdan tashqari fondlarda to‘plangan moliyaviy resurslarini shakllantirish. Soliqlarni taqsimlash vazifasi (yoki qayta taqsimlash) - soliqlarning (ijtimoiy) vazifasi - bu aholining turli toifalari o‘rtasida ijtimoiy daromadlarni qayta taqsimlash. Bu vazifaning ma’nosi shundaki, aholining kuchliroq (daromadi katta) toifalariga soliq yukini yuklash orqali fuqarolarning zaif va himoyalanmagan toifalari foydasiga mablag‘larni o‘tkazish. Buning natijasida kimningdir daromadining bir qismi olib qo‘yiladi va boshqalarga o‘tkaziladi. Soliqlarni taqsimlash vazifasini amalga oshirishga misol tariqasida, tovarlarning ayrim turlariga, birinchi navbatda hashamatli tovarlarga belgilangan aksizlar, shuningdek, progressiv soliqqa tortish mexanizmlarini keltirish mumkin. Inqirozga qarshi tartibga solishning zamonaviy sharoitida, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sirida soliqlarni tartibga solish vazifasi alohida ahamiyatga ega. Ushbu vazifa vaqt jihatidan soliq to‘lovlarini yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari, umuman davlat va uning hududiy subyektlari o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liqdir. Ushbu vazifa aholining turli guruhlari daromadlarini tartibga solish imkonini beradi. Soliqni tartibga solish imtiyozlar tizimi va soliq to‘lovlari va yig‘imlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oshib borishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1. Aholi sonining o‘sishi. 2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. 3. Atrof-muhitning ifloslanishi. 4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. 5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o‘sishi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling