1. iqtisodiyotga kirish


Soliq tizimi deganda davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar turi, majmui, ularni yig‘ib olish turlari va usullarini tashkil etish tushuniladi


Download 1.03 Mb.
bet196/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Soliq tizimi deganda davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar turi, majmui, ularni yig‘ib olish turlari va usullarini tashkil etish tushuniladi. Unga soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan daromadlarini aniqlash kabilar kiradi.
Soliq tizimi davlatning qabul qilingan qonunlariga asoslanadi, unda soliqlarning turlari va ularni undirish usullari, ya’ni soliqlarning konkret elementlari aniqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi.


Soliq subyekti – qonun bo‘yicha soliq to‘lovchi shaxs. Bularga korxona birlashma, tashkilotlar va fuqarolar kiradi.

Soliq obyekti – soliq olinadigan narsa (buyum). Masalan daromad, mulk, tovar, yer maydoni va boshqalar.

Soliq manbai soliq subyektining daromadi, masalan ish haqi, foyda va boshqalar.

Soliq imtiyozlari deganda joriy qonunlar bo‘yicha soliqdan to‘liq va qisman ozod etilishidir. Eng muhum soliq imtiyozlari- bu soliq olinmaydigan daromad minimumi yoki obyekt qiymatidir. U obyektning soliqqa tortilmaydigan eng kam qismidir. Soliq stavkasi – bu soliq solishning ulush(kvota) birligidir. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;

- soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;


- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).
Soliq stavkalarini quyidagi guruhlarga bo‘lishi mumkun.
Proposional stavka – soliq olish obyektiga yagona foizda belgilanadi. Masalan, mol mulk solig‘iga yiliga 1% stavka qilib belgilanadi.

Progressiv stavka – obyekt qiymati o‘sishi bilan stavka o‘sib boradi.

Regressiv stavka- daromad qancha pasaya borsa, soliq ko‘paya boradi. Bu progressiv stavkaning teskarisidir. Qo‘shilgan qiymat solig‘ida regressivlik kuchaya boradi, chunki kam qiymat ishlab chiqargan ko‘p mahsulot ishlab chiqarganga qaraganda nisbatan ko‘p soliq to‘laydi.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling