1. iqtisodiyotga kirish
Moliya siyosati tamoyillari. Davlatning byudjet siyosati konsepsiyalari
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
18.3. Moliya siyosati tamoyillari. Davlatning byudjet siyosati konsepsiyalari
Davlatning moliyaviy siyosati (inglizcha The financial policy of the state) - davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va undan foydalanishga oid siyosati. Davlat va moliya bozorining o‘zaro ta’siri ko‘p qirrali. Davlat qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ish yuritishi, bozorning ishlash qoidalarini o‘rnatishi va unda kundalik nazoratni amalga oshirishi, bozor orqali rasmiy pul siyosati va keng iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, davlat moliya bozori rivojlanishini rag‘batlantirishi va himoya qilishi mumkin (masalan, bir qator mamlakatlarda fond birjalari davlat institutlari hisoblanadi). Milliy iqtisodiyotning barqaror ishlashi ko‘p jihatdan fond bozori holatiga bog‘liq. Ushbu siyosat bozor va uning tarkibiy qismlariga tashkiliy to‘liqlik, operatsiyalarni standartlashtirish va qat’iy nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy siyosatini ishlab chiqishda moliyaviy siyosatning muayyan tamoyillarini hisobga olinishi kerak. Davlatning moliyaviy siyosati tamoyillari ma’lum davrda o‘zgarishi mumkin. Moliyaviy siyosatning birinchi tamoyili ishlab chiqarishni rivojlantirishga, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga va bandlik darajasini oshirishga doimiy yordam berishdan iborat. Davlatning moliyaviy siyosatining ikkinchi tamoyili ijtimoiy kafolatlar berish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ushbu tamoyilni fuqarolarning ijtimoiy kafolatlari va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish shakllari va usullarini izlash va doimiy takomillashtirishdan iborat. Moliyaviy siyosatning uchinchi tamoyili - moliyaviy siyosat vositasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga ta’sir etish, fuqarolarning sog‘lig‘iga tahdid soladigan texnologiyalarni taqiqlash. Bir tomondan, davlat ishlab chiqarish tuzilmalaridan tabiiy muhitni yangilash xarajatlarini qoplashni talab qiladi, ikkinchi tomondan, moliyaviy manbalardan foydalangan holda zararli ishlab chiqarishlarni yopish va ilg‘or resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga harakat qiladi. Shuning uchun davlat o‘z byudjet siyosatini ishlab chiqadi. Jahon tajribasida byudjet siyosatini ishlab chiqishning uch konsepsiyasi mavjud: - har yilgi asosda muvozatlantiruvchi byudjet ; - siklik muvozatlantiruvchi byudjet ; - funksional moliyalashtirish ; Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling