1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari


- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi


Download 62.25 Kb.
bet2/7
Sana24.06.2023
Hajmi62.25 Kb.
#1653879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyod nazariyasi yakuniy

- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;


- mehnat qilish bilan bog`liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;
- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning pasayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi.
3. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas,
balki to’lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj – kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini,
taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni
ifodalovchi ilmiy kategoriya. Talab – iqtisodiy sub’ektning muayyan miqdordagi
ne’matlarni muayyan bozor bahosida sotib olish istagi va
imkoniyati. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil,
pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Talabning o’zgarib turishiga ta’sir etuvchi omillar.Talabga
ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajraladi: a) narxlar. Bu muayyan
paytdagi aniq bir tovar narxi, o’rinbosar tovarlar narxi va
o’zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki
qisqartirishi mumkin; b) xaridorning pul daromadi yoki xarid
qurbi. Narx o’zgarmagan holda daromad oshsa, talab ko’payadi, aksi
bo’lsa, talab kamayadi; v) xaridorning qaysi tovarni afzal ko’rishi,
bu uning didiga va xohishiga bog`liq. Narx va daromadni xaridor o’z
bilganicha o’zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda
xaridor o’zi afzal ko’rgan tovarga talab bildiradi.
Talab egri chizig`i talab qonunini ifodalaydi. Talab faqat
baho omili bilangina belgilanmaydi, uning o’zgarishiga quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog`liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog`liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig`i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig`i o’suvchan ko’rinishida bo’ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko’proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig`i pasayuvchan ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar.
10-variant

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


Tayanch iboralar: bozor mexanizmi, xususiy mulk, pul muomalasi,tadbirkorlik, erkinlik, raqobat, manfaat, ragʼbat.
2.Аholi daromadlari va aholi turmush darajasi.
Tayanch iboralar: aholi daromadlari, nominal daromad, ixtiyorida boʼlgan daromad, real daromad, aholi turmush tarzi, daromadining xarid quvvati.
3.Talab tushunchasi va uning miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Tayanch iboralar: ehtiyoj, xarid qobiliyati, bozor talabi, narx, daromad, isteʼmolchi soni, teskari bogʼliqlik
1. , ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog`liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi- bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g`ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og`ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
2. O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorenst egri chizig`idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig`ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig`ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig`i daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo’ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig`i mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorenst egri chizig`i deb nomlanuvchi 0E egri chizig`i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to’g`ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g`ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g`ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g`ri keladi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorenst egri chizig`i o’rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorenst egri chizig`i 0E chizig`idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorenst egri chizig`i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi.


Daromad, %
100 E

80
60
40

20
F


0
20 40 60 80 100 Aholi, %

Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling