1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi
Download 62.25 Kb.
|
Iqtisodiyod nazariyasi yakuniy
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;- mehnat qilish bilan bog`liq kafolatlarning mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi; - rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning pasayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi. 2. Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas. Naflilik funkstiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: . So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi Iste’molchi tovarlarning turli to’plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim, ya’ni: , bu erda: MU – X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; P – ularning narxi. Bu qoida oldingi bobda ko’rib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi. Befarqlik egri chizig`i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’plamlari yig`indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig`ida joylashgan tovarlar to’plamini tanlashda farq mavjud bo’lmaydi. Befarqlik egri chizig`i pasayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Befarqlik egri chizig`ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo’lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko’ra, bir tovarlar to’plami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to’plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo’lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko’p bo’lsa, A tovar shunchalik oz bo’ladi, chunki A va V tovarlar o’rtasida teskari aloqa mavjud. O’zgaruvchilari o’rtasida teskari aloqa mavjud bo’lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’plamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig`i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’plamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig`i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig`i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
12-chizma. Befarqlik kartasi.
13-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig`iga ta’siri. O’z navbatida narxning o’zgarishi ham byudjet chizig`idagi turli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan: 1) V tovar narxining pasayishi byudjet chizig`i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (M chiziq); 2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig`i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (N chiziq): 3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bo’lgan yangi chiziq hosil bo’ladi (L chiziq).
14-chizma. Narx o’zgarishining byudjet chizig`iga ta’siri. Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi: mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi; ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi. Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi: Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig`ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig`idan chapda yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz. Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’plami eng ma’qul ko’rilgan kombinastiyada bo’lishi lozim. 3. , ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog`liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi- bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g`ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi). Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat qilish sharoiti og`ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi. 14-variant 1.Talab tushunchasi va uning miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar. Talab qonuni Tayanch iboralar: ehtiyoj, xarid qobiliyati, bozor talabi, narx, daromad, isteʼmolchi soni, teskari bogʼliqlik 2.Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari. Tayanch iboralar: monopoliya, yirik korxona, gorizontal, vertikal, tabiiy monopoliya, legal, monopsoniya, oligopoliya. 3.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari. Tayanch iboralar: YaIM, SMM, nominal va real YaIM, qoʼshilgan qiymat usuli, oraliq va pirovard mahsulot, xarajatar usuli, aholi xarajatlari, korxonalar xarajati, davlat xarajatlari, sof eksport daromadlar usuli 1. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj – kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Talab – iqtisodiy sub’ektning muayyan miqdordagi ne’matlarni muayyan bozor bahosida sotib olish istagi va imkoniyati. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil, pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Download 62.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling