1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari
-chizma. Lorenst egri chizig`i
Download 62.25 Kb.
|
Iqtisodiyod nazariyasi yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Engel qonuni
1-chizma. Lorenst egri chizig`i.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir distel koeffistienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvestiyada esa 5,5:1ga teng. Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffistienti chizmadagi Lorenst egri chizig`i bilan mutloq tenglik chizig`i o’rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi.. 3. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj – kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Talab – iqtisodiy sub’ektning muayyan miqdordagi ne’matlarni muayyan bozor bahosida sotib olish istagi va imkoniyati. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to’lovga qobil, pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Talabning o’zgarib turishiga ta’sir etuvchi omillar.Talabga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajraladi: a) narxlar. Bu muayyan paytdagi aniq bir tovar narxi, o’rinbosar tovarlar narxi va o’zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki qisqartirishi mumkin; b) xaridorning pul daromadi yoki xarid qurbi. Narx o’zgarmagan holda daromad oshsa, talab ko’payadi, aksi bo’lsa, talab kamayadi; v) xaridorning qaysi tovarni afzal ko’rishi, bu uning didiga va xohishiga bog`liq. Narx va daromadni xaridor o’z bilganicha o’zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda xaridor o’zi afzal ko’rgan tovarga talab bildiradi. Talab egri chizig`i talab qonunini ifodalaydi. Talab faqat baho omili bilangina belgilanmaydi, uning o’zgarishiga quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog`liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog`liqlik Engel qonuni deyiladi. Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig`i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig`i o’suvchan ko’rinishida bo’ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko’proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig`i pasayuvchan ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. 12-variant 1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Tayanch iboralar: bozor mexanizmi, xususiy mulk, pul muomalasi,tadbirkorlik, erkinlik, raqobat, manfaat, ragʼbat. 2.Isteʼmolchi tanlovi nazariyasi. Tayanch iboralar: naflilik funktsiyasi, isteʼmolchi afzal koʼrishi, befarqlik chizigʼi, byudjet chizigʼi. 3.Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari Tayanch iboralar: ish haqi, vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi, nominal va real ish haqi, tarif tizimi, tarif-malaka maʼlumotnomalari, tarif setkasi, tarif stavkasi. 1. . Bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo’lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo’ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida bajarilib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki ham amal qiladi. Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog`laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo’lib, ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo’l berilmaydi Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o’zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo’lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Bozor regulyatorlari – bozordagi o’zgarishni ishlab chiqarishga etkazib, uning bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko’payadi, ular ko’proq ishlab chiqariladi. Tovarla narxi pasayib, ular yaxshi o’tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg`unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. 2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg`unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir 3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg`amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud: - atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi; Download 62.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling