1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish shakllari


Download 62.25 Kb.
bet5/7
Sana24.06.2023
Hajmi62.25 Kb.
#1653879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyod nazariyasi yakuniy

Talabning o’zgarib turishiga ta’sir etuvchi omillar.Talabga
ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajraladi: a) narxlar. Bu muayyan
paytdagi aniq bir tovar narxi, o’rinbosar tovarlar narxi va
o’zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki
qisqartirishi mumkin; b) xaridorning pul daromadi yoki xarid
qurbi. Narx o’zgarmagan holda daromad oshsa, talab ko’payadi, aksi
bo’lsa, talab kamayadi; v) xaridorning qaysi tovarni afzal ko’rishi,
bu uning didiga va xohishiga bog`liq. Narx va daromadni xaridor o’z
bilganicha o’zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda
xaridor o’zi afzal ko’rgan tovarga talab bildiradi.
Talab egri chizig`i talab qonunini ifodalaydi. Talab faqat
baho omili bilangina belgilanmaydi, uning o’zgarishiga quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog`liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog`liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig`i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig`i o’suvchan ko’rinishida bo’ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko’proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig`i pasayuvchan ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar.

2. Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar


hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor.
Mazkur bozor 4 xil bo’ladi:
a) monopol raqobatli bozor – bu erda ko’p sonli korxonalar bozorni
o’z qo’lida tutib turadi. Ular tovarlarning asosiy qismini taklif
etadilar, ammo ulardan ayrimlari yoki bir nechtasining bozordagi
hissasi, ularga hukmronlik qilish imkonini bermaydi. Bu bozor
monopol bo’lsa-da, unda raqobat bo’ladi, ammo u cheklangan tarzda yuz
beradi, ya’ni ozchilikning raqobati shaklida bo’ladi. Bu bilan u erkin
bozordan farqlanadi;
b) sof monopoliya bozori – bu erda sotuvchi monopoliyasi
bo’ladi, ya’ni xaridorlar ko’p bo’lgani holda sotuvchi bitta bo’ladi,
xaridorning mana shu tanho sotuvchi tovarini olishdan boshqa
iloji bo’lmaydi;
v) oligopoliya bozori – bu erda bitta emas, balki bir necha,
ammo ozchilikdan iborat sotuvchilar hukmronligi mavjud bo’ladi.
Tovarlarning asosiy qismi mana shular qo’lida to’planadi, bu erda
ham sotuvchi monopoliyasi bo’ladi;
g) monopsoniya bozori – bu erda sotuvchi emas, balki xaridor
monopoliyasi bo’ladi, ya’ni sotuvchilar ko’p bo’lgani holda xaridor
yagona bo’ladi. Monopsoniya odatda resurslar bozorida bo’ladi, bu erda
ayrim korxonalar xom ashyo, yoqilg`i, ish kuchi kabi resurslarning asosiy
qismini sotib oladi. Agar monopoliya bozorida sotuvchi xaridorga o’z
izmini o’tkazsa, monopsoniyada xaridor sotuvchiga o’z hukmini o’tkazadi.
Bozorlar o’zining ob’ekti jihatidan, ya’ni nimalar oldi-sotdi
qilinishi jihatidan ham farqlanadi. Shu o’rinda iste’mol
tovarlari bozori, resurslar bozori va moliya bozori ajratiladi.
3.
Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling