1-ish Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini o’rganish. Mashgulotini maqsadi


-rasm. Piyoz qobigʻining parenxima hujayralari


Download 269.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi269.91 Kb.
#1151441
1   2   3
Bog'liq
1-Laboratoriya..

3-rasmPiyoz qobigʻining parenxima hujayralari: 
1-hujayra poʻsti; 2-sitoplazma; 3-vakuola - hujayra shirasn; 4-yadro va 
yadrocha. 6. Oʻsimliklar hujayrasining elektron mikroskopik tuzilish sxemasi: 
1-yadro; 2-yadrocha; 3-yadro qobngʻi; 4-qobiqdagi teshikcha; 5-vakuola; 6-
xloroplast; 7-mitoxondriya; 8-Golji apparati; 9-endoplazmatik toʻr; 10-ribosomalar; 
11-hujayra poʻsti; 12-hujayra poʻstidagi teshikchalar; 13-plazmodesma. 
 
 
 
 
 
 
 
3-ish hujayraning bo’linishi 


Asbob va reaktivlar hamda obʻyekt: mikroskop, mayda asboblar, pinset, 
pipetka, shisha tayoqcha, preparoval nina, choʻtkacha, filtr qogʻoz parchasi, kaliy 
eritmasi solingan idish, piyoz. 
Hujayra tuzilishini oʻrganishda piyozning yupqa poʻsti eng yaxshi va qulay 
obʻyekt hisoblanadi. 
Piyozbosh shakli oʻzgargan novda boʻlib, juda kalta poyadan va bir necha 
qalin etli qobiqlardan tashkil topgan. Etli barglarning har ikki tomoni yupqa parda-
epidermis bilan qoplangan. Quyida epidermis hujayralaridan mikropreparatlar 
tayyorlash usuli bayon etiladi. 
Ish tartibi: Piyozning eng sirtqi quruq poʻsti olib tashlanib, etli qobigʻining 
biri ajratiladi va nina yoki pinset bilan sirtqi yupqa, rangsiz poʻstidan bir oz shilib, 
buyum oynasidagi suv tomchisiga quyiladi hamda preparoval nina yordamida 
buklanib qolgan erlari toʻgʻirlangandan soʻng qoplagich oyna yopiladi. Tayyor 
preparatni avval mikroskopning kichik obʻyektivida, soʻngra katta obʻyektivida 
koʻriladi. Bunda piyoz poʻsti hujayralardan tuzilganligiga ishonch hosil qilinadi. 
Hujayralar bir-biri bilan zich joylashgan. Har bir hujayraning oʻziga xos alohida 
rangsiz yaltiroq rangsiz poʻsti boʻlib, uning ichida yaltiroq rangsiz kolloid modda-
sitoplazma va yadro joylashgan. Yadro bita, shakli yumaloq va hujayra markazida 
yoki chetida joylashadi. Yadroda bitbir yoki ikkita yadprocha boʻladi. Hujayra 
markazini bir yoki bir necha vauola boʻlib egallaydi. Yosh hujayralarda vakuolalar 
koʻp va mayda, yirik hujayralarda esa birgina katta vakuola boʻlib, hujayraning 
markazida oʻrnashadi. Vakuolalarda hujayra shirasi boʻladi. 
Agar mikropreparatdagi suv oʻrniga kaliy yodid eritmasi tomizilsa, 
hujayraning qismlari yana ham aniq koʻrinadi, chunki reaktiv taʻsirida hujayraning 
yadro va sitoplazmasi sargʻayadi. Buning uchun shisha tayoqcha yoki pipetka bilan 
eritmadan bir tomchi qoplagʻich oynaning oʻng tomoniga tomiziladi, qoplagʻich 
oynaning chap tomoniga esa filʻtr qogʻoz boʻlakchasi qoʻyiladi. Filʻtr qogʻoz 
qoplagʻich oyna betidagi suvni shimib oladi. Shunda suv oʻrniga esa kaliy yodid 
eritmasi kiradi. Mazkur jarayonlar tugagandan keyin bita hujayra koʻrinishini ish 
daftariga qora qalam bilan chiziladi. 
Topshiriqlarni bajaring. 
1.Mikroskopning qismlarini oʻrganib rasmini chizing va qismlarini yozing.
2 Oʻsimlik hujayrasining tuzilishi bilan tarnishing va 2-3 ta hujayraning tuzilishini, 
sitoplazma, yadroning rangini koʻrsatib, rasmini chizing, qismlarini bеlgilang. 
3 Hujayraning bo’linish sxemasi rasmini chizib jarayonni izohlab yozing. 

Download 269.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling