1. Ishlab chiqarish tushunchasi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


Download 38.27 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1795659
  1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari.




Reja:


1.Ishlab chiqarish tushunchasi.
2.Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
3 .Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari.

Avtomatlashtirishdan maqsad mashinani unumdorligini oshirish va hizmat ko’rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir. Avtomatning ish sikli. Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalar, avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishlarga nisbatan o’ziga xos harakterga ega bo’lib, avtomat dastgohda yoki yarim avtomatda bajariladigan har bir operatsiya to’liq va aniq tartib bo’yicha ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilmagan kam miqyosda yoki keng miqyosda mahsulot ishlab chiqarishda operatsion kartalarda amalda asosan operatsiyalarning asosiy harakatlarigina ko’rsatiladi (xomaki tayyorlash sxema bazasi, ishlov beriladigan yuzaga ishlov berish aniqligi, yuza g’adir-budurligi va boshqalar). Boshqa masalalar yechimi (ishlov berish ketma-ketligi, ishlov beruvchi asbobning bir ish yo’lidan bir aylanishdagi masofa qiymati, ishlov berish rejimi, abrazivni berilish soni, ishlov berish vaqti, masalan linzani silliqlashda va boshqalar) ishchi ihtiyoriga beriladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish miqyosidan qat’iy nazar, texnologik operatsiyalar to’liq va aniq ishlab chiqilishi zarur. Shakl hosil qiluvchi asboblarning ketma-ket ishlashi, uning tezligi va harakat traektoriyasi, shpindelning zaruriy aylanish chastotasi va boshqalar aniqlanishi shart va zarur. Ushbu ma’lumotlar jamlanmasi ma’lum detalga ishlov berish uchun avtomatni dastursini tashkil etadi. Ushbu dasturlar zaruriy obrazda qayta ishlab chiqilgan, kodlangan va dastur uzatgichda mustahkamlangan, bajariladigan operatsiyada avtomat ish siklini aniqlaydi. Har bir operatsiya uchun avtomatning o’z ish sikli mavjud. Bunda mexanizmlar ishining ketma-ketligi va ishlov berish sifati ishchiga bog’liq emas, barchasi dastur bo’yicha uning dastgoh ishchi organlari, ish bajarish aniqligi, sozlash aniqligi va boshqa faktorlar bilan aniqlanadi.


Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarining axborot tarkibini ifodalovchi soddalashtirilgan sxemasi.


Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling