1. Ishlab chiqarish tushunchasi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish


Download 38.27 Kb.
bet3/3
Sana23.11.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1795659
1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ishlab chiqarishning alohida ish turlari (suyuqlik sathi balandligi, temperatura, bosim va boshqalar.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qisman avtomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshqariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida toʻla avtomatlashtirishdan foydalanish ayniqsa oʻrinli boʻladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoitida (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) ishlab chiqarish hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chiqarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan ishlab chiqarish da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. Ishlab chiqarish tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemasi
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va ishlab chiqarish jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashinasozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (1930yillarda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, ilmiy tadqiqot institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi.19 50-yillarga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va boshqa sohalar avtomatlashtirildi. Ishlab chiqarishning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqodchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining to’zilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin Ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar o’zluksiz davom etadi. Sexlar, omborlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni to’zish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga o’zatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni o’zatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va boshqalardan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va boshqani o’z ichiga oladi. Axborotlarni ko’rsatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va boshqalarni o’z ichiga oladi. Axborotlarni ko’rsatuvchi qurilmalar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, electron nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga ishlab chiqarish jarayonlarining borishini ko’rsatadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu impulslar himoya, rostlash yoki boshqarish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yig’ish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xo’jaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda ishlab chiqarishni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihozlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Masalan, gidroelektr stansiyalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi deyarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.
Issiqlik elektr stansiyalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon — turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshqarish obyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi parametrlar bor. Avtomat boshqarish tizimi yordamida shu obyekt va parametrlarni bitta muhandis-operator boshqaradi.
Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va boshqalarni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog’ jinslarini qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.
Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi. Domna ishlab chiqarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiqlik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi.
Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida materiallarni chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon mashinasozligida Ishlab chiqarisha, texnika taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Dasturli boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla avtomatlashtirilganda ham stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish mashinasozlikning murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida shpindellar avtomat liniyada tayyorlanadi, paxta terish mashinalari avtomat konveyerlarda yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDAEWOO avto" korxonasida barcha ishlar avtomatlashtirilgan.
Radiodetallar, elektron lampalar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni ishlab chiqarish toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda avtomatlashtirilgan Qurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va boshqa tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham Ishlab chiqarish ning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash, maydalash va boshqalar.) avtomat qurilmalari masalliqlarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, isrofgarchilikni ancha kamaytiradi.
Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtani qabul qilishdan oldin tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yuk va yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. Temir yoʻl transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar "avtomashinist" yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan. Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, temperaturasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.
Ishlab chiqarishda EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik qurilmalar, kompyuterlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.

Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari, tizimni monitoring va boshqarish uchun kompyuter va boshqa avtomatlashtirilgan vositalar tomonidan ishlatiladigan texnologik uskunalardir. Bu qurilmalar, ish jarayonlarini optimallashtirish, ma'lumotlarni bajarish, xatolar va ayrim qiyinchiliklar bilan tegishli imkoniyatlarni tahlil qilish va ish modellarini avtomatik ravishda boshqarishga yordam beradi.


Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari ko'plab sohalar uchun ishlatiladi, masalan:

1. Ilova boshqarish: Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari, ilovalarni qurish, boshqarish va test qilish jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beradi. Bu, kodlar yozish va yaratish, ilova testlarini optimallashtirish, ilovalarni versiyalash va o‘rnatish vaqtini kamaytirish imkonini beradi.

2. Sanoat sektori: Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari, tovarlarni ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlarini optimallashtirish uchun ish modellarini va buyruqlarni boshqarishda yordam beradi. Bu, xom-ashyo va uskunaviy mahsulotlar ishlab chiqarishini avtomatik ravishda tuzish, tayyor mahsulot sifati va yig’ilib kelishini nazorat qilish, ishchi vaqtlarini ortib ketishini kamaytirish uchun ish tizimini boshqarish kabi imkoniyatlarni beradi.


3. Transport va logistika: Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari logistik jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. Ular, yetkazib berish choraklarini, omborlar va kengaytirmalar boshqaruvini avtomatik ravishda tizimlash, ma'lumotlarni izlash va jalb qilish, yo‘l va muddatni optimallashtirish, yetkazish buyruqlarini boshqarish va yetkazib berishni tahlil qilish kabi vazifalarni bajarish imkoniyatlarini beradi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalarining xususiyatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: qat'iylik, tezlik, to‘liqlilik, ma'lumotlardan foydalanish qobiliyati, xatolarni kamaytirish, monitoring va taqqoslash imkoniyati va boshqa avtomatlashtirilgan qobiliyatlar. Bu tizimlar, kompyuter texnologiyalari vaaxborot tizimlari yordamida boshqarishni avtomatlashtirish hamda ish faoliyatini optimallashtirishga yordam berish uchun izlanish jarayonida ishlatiladi. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari faoliyatining umumlashtirilgan tizimi
Xulosa.
Xulosa qilib, printsipial sxemalar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning orqa miyasi bo'lib xizmat qiladi. Sanoat o'rnatishda samarali joylashtirish orqali jarayonni soddalashtirish mumkin, natijada operatsion xarajatlar kamayadi, samaradorlikni oshiradi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Bundan tashqari, samarali ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan prinsipial sxema yaxshiroq rejalashtirish, yanada samarali qaror qabul qilishga olib keladi va ishlab chiqarish xatolari ehtimolini kamaytiradi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni kelajakda rivojlantirishda prinsipial sxemalarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish juda muhim rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.https://staff.tiiame.uz/storage/users/348/books/zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG.pdf.
2. Linger R., Teoriya i praktika strukturnogo programmirovaniya M., Mir, 1985.
3. N.R. YUSUPBEKOV, B.I. MUHAMMEDOV, SH.M. G‘ULOMOB TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QILISH VA AVTOMATLASHTIRISH “
4. S.S. Gulomov. “Iqtisodiy informatika”. Toshkent 1999 y.
Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling