1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi


Download 178.5 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi178.5 Kb.
#1557644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 Ma’ruza Ishlab chiqarish imkoniyatlari va samaradorligi

3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zo-larining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning to‘liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini ta’minlash zarur.
Ana shu imkoniyatlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga olib keladi yoki biridan ko‘proq, ikkinchisidan kamroq tanlashimizga to‘g‘ri keladi. Tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni muqobil qiymatlarni taqqoslash asosida chiqaramiz.
Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichi-dan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi.
Muqobil qiymat doimiy, o‘sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi mumkin. Muqobil qiymatni ilmiy abstraksiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz. Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot – guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz. Barcha resurslar 100 birlikdan iborat. 1 tonna guruch yetishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foy-dalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi.
2X+4Y=100

Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling