1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi
Download 178.5 Kb.
|
3 Ma’ruza Ishlab chiqarish imkoniyatlari va samaradorligi
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi
2-jadval
Agar mavjud resurslardan faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 ta, faqat guruch yetishtirsak 50 tonnaga teng keladi. Birinchi tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, albatta, ikkinchisining kamayishi hisobiga ro‘y beradi. Jadval ma’lumotlarini grafikda aks ettirsak, ikki turdagi mahsulot ishlab chiqa-rishning turlicha uyg‘unlashuvi mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz. Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab chiqa-rish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foyda-lanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi. Shu bilan birga, bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, yangi tex-nikalar va texnologiyalarning yaratilishi hamda ularning ishlab chiqarishga jalb qilini-shi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi. Yangi texnikalar va texnolo-giyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash, ikkinchi tomondan, resurslarning yangi manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish imkonini beradi. Bunga yerning chuqur qatlamlaridagi tabiiy boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan, quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling