1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i
Download 178.5 Kb.
|
3 Ma’ruza Ishlab chiqarish imkoniyatlari va samaradorligi
2-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i
Bizning yuqoridagi misolda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish uchun guruch va avtomobil ishlab chiqarishning turli muqobil uyg‘unlashuvidan birini tanlashga to‘g‘ri keladi. Bunda mos keluvchi mahsulotlar muqobil qiymatlari taqqoslanadi. Agar: A) guruch yetishtirishning 0 dan 10 tonnaga yetkazilishi avtomobil ishlab chiqa-rishning 5 donaga kamayishiga olib keladi. 10 tonna guruchning muqobil qiymati 5 dona avtomobil; B) guruch yetishtirishni 10 tonnadan 20 tonnaga ko‘paytirsak, avtomobil ishlab chiqarish 15 donagacha qisqaradi. Muqobil qiymat 5 dona avtomobil; D) guruch yetishtirishni 20 tonnadan 30 tonnaga yetkazish, avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat yana 5 dona avtomobil; Ye) guruch yetishtirishni 30 tonnadan 40 tonnagacha ko‘paytirish avtomobil ish-lab chiqarishni yana 5 donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat 5 dona avtomobil. Bizning misolda muqobil qiymat doimiy bo‘lganligi sababli, ishlab chiqarish imkoniyatlari to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi nuqta OAG kesma ichida jamlansa (V nuqta), u mavjud resurslardan to‘liq foydalanmaganlikni, iqtisodiyotning imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganini ko‘rsatadi. Jumladan, 15 tonna guruch va 10 dona avtomobil ishlab chiqarish uchun faqat 70 birlik resurs talab etiladi. Bizdagi mavjud resurs esa 100 birlik.OAG kesmadan tashqaridagi nuqta (W) ishlab chiqarish miqdorining mavjud resurslarga nisbatan ko‘payishini bildiradi. Agarda 30 tonna guruch, 20 dona avtomobil ishlab chiqarish zarur bo‘lsa, u holda 140 birlik resurs talab qilinadi. Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab ishlatish tovar turlarining muqobil variantlaridan eng optimal darajasini tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun korxonalar, mahsulot turini ko‘paytirsa resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadi. Tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib,bu qaror qabul qilishni qiyinlash-tiradi.Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf - xarajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, turli variantlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga yoki ularning miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovning eng maq-bul yo‘llarini topib, to‘g‘ri qaror chiqarishni o‘rganishdir. Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling