1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Rimda Sulla diktaturasining o’rnatilishi


Download 173.9 Kb.
bet15/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

4. Rimda Sulla diktaturasining o’rnatilishi. Italyada ittifoqchilar urushi tugamasdan oldin Rim O'rta yer dengizi sharqidagi Pontiya podsholigi bilan og'ir kurashga kirishgan. Bu davlatning g'ayratli va jasur podshosi Mitridat IV Yevpater qudratli qurolli kuchlar va katta flot barpo qilgan. U Armaniston podshosi Tihron II bilan ittifoq tuzgan. Bu vaqtda Parfiya va Salavkiylar davlatlari zaiflashgan edi. Shu sababli Mitridat Kappadokiyani bosib olgan. Sharqda Pontiyaning kuchayib ketishidan Rim senati tashvishga tushgan. Pontiya Vifiniya davlatini ham bosib olib, Rimning Osiyodagi viloyatlarida qo'zg'olonlar uyushtirishga uringan va Rim viloyatlariga bostirib kirgan. Rim sudxo’rlari Mitridat buyrug'i bilan qirib tashlangan, rimliklar qullikka solgan kishilarni ozod qilgan. Mitridat Kichiki Osiyoda Egey arxipelagini egallab o'z ta'sirini Yevropa Yunonistoni va Makedoniyaga o'tkazgan. Mitridat ittifoqchisi Tehron II Mesopotamiyaning shimoli, Suriya va Falastinni ishg'ol qilgan. Egey havzasidagi mamlakatlarda rimliklarning ahvolini og'irlashtirgan. Miloddan avvalgi 88-yilda Rim Senati ilgari konsul bo’lib ishlagan Korneliy Sullani Mitridat bilan urushga bosh qo'mondon qilib tayinlagan. U o'z legionlari bilan Bolqon yarim oroliga tomon yo'l olgan. Xalq tribuni Sulfitsiy Ruf Sullani Rimga chaqirtirib olish, uni bo'shatish, o'rniga Gay Mariyni tayinlash haqida qaror chiqartirgan. Sulla o'z qo'shni bilan Rim ustiga yurish qilgan. Gay Mariy va Sulla qo’shinlari o'rtasida jang bo'lgan. Sulla Rimni egallagan. Ruf qo'lga tushgan va o'ldirilgan. Gay Mariy Afrikaga qochib ketib, Karfagen xarobalarida bekinib yashagan65.
Sulla Rim senatida tartib o'rnatgan. Xalq majlisi huquqi va xalq tribunlari huquqlari cheklab qo'yilgan. Sulla shundan so'ng sharqqa otlangan. Ikkinchi konsul Sinna populyarlar tomoniga o'tadi. Ularni mariychilar qo'llab quvvatlagan. Sinna avval Rimdan qochib ketadi. Gay Mariy qaytib keladi. Ular ikkalasi Rimni egallashgan. Sulla joriy qilgan tartiblarni bekor qilgan. Optimatlarni qirib tashlagan. Mariy qullar yordamidan foydalangan. Ko’p o’tmay Gay Mariy kasallanib o'lgan.
Bu vaqtda Sulla Pontiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan edi. U miloddan avvalgi 87-yilda Epirdan Beotiyaga o'tgan. Rim armiyasi Afinani qamal qiladi va egallaydi. Makedoniyadan Beotiyaga Mitridat IV qo'shinlari keladi. Xeroniya tog'i yonida Sulla qo'shinlari bilan Mitridat armiyasi jang qiladi, Pontiya armiyasi tor-mor qilinadi. Orxomen yonidagi ikkinchi jangdan so'ng Mitridat armiyasi Osiyoga qochadi.
Miloddan avvalgi 86-yilda Rimdan populyarlar tomonidan yuborilgan Flakk armiyasi Yunonistonga kelgan, Sulla armiyasida oylik ko'p berilishini bilib, uni askarlari Sulla tomoniga o'tib ketgan. Flakk o'ldirilgan. Flakk o'rniga Gay Flaviy Fambriya tayinlangan. U o'z qo'shini bilan Mitridat qo'shinini Propontida sohilida qattiq mag'lubiyatga uchratgan va Kichik Osiyoga o'tib, Pergamni ishg'ol qilgan. Mitridat Sullaga sulh taklif qilgan. Miloddan avvalgi 85-yilda Dardan shahrida sulh tuzilgan. Unga ko'ra Mitridat Vifiniya va Kapnadokiyani bo'shatishi, tovon to'lashi, kemalarni rimliklarga topshirishi kerak edi. Lekin Mitridat hokimiyatni o’z qo'lida saqlab qolgan.
Sulla o'z dushmani Gay Flaviy Fambriyaga qarshi kurashga tayyorlanayotgan edi. Gay Flaviy Fambriya qo'shini Sulla tomoniga o'tib ketgan, jang bo'lmagan. Gay Flaviy Fambriya o'zini - o'zi o'ldiradi. Sulla Miloddan avvalgi 85-83 yillarda Kichik Osiyyo va Yunonistonda Bo'lib, Italiya va Rimdagi populyarlarga qarshi tayyorgarlik ko'rgan. Sullani Italiyada hokimiyatdan mahrum qilgan guruhlarning kuchi ko'p edi, lekin Sulla qo'shinining jangovorligi yuqori edi. Sinna vafotidan keyin populyarlar qo'shiniga Karvon va Gay Mariyning o'g'li Gay Mariy Kichik boshchilik qilgan, ularning harbiy talanti yetarli emas edi. Miloddan avvalgi 83 yilda Italiyada kelgach, optimatlar uning qo'shinini to'ldirgan. Lekin lukanlar, samniylar populyarlar tomonida bo'lib, Sulla qo'shiniga jiddiy qarshilik qilgan. Miloddan avvalgi 82 yilda Rim shahri devorlari bo'yida, Kollin darvozasi yonida grajdanlar urushining so'nggi oxirgi jangi bo'lgan. Sulla g'alaba qilgan. Tutqunlar qirib tashlangan. Gay Mariy Kichik o’ldirilgan. Karbon va boshqalar viloyatlarga, Ispaniyaga qochib ketgan. Senat Sulla tarafdorlarining talabi bilan uni muddatsiz diktator deb e'lon qilgan. Sulla dushmanlaridan qattiq o'ch olgan. U respublika dushmanlarining ro’yxati – proskripsiyalarni tuzdirgan. Bu ro'yxatga kiritilgan kishilarning mol- mulki musodara qilingan, qullar ozod etilgan. Uni o'ldirgan kishiga mulkidan bir qismi mukofot qilib berilgan. Sullaning yaqinlari shu yo'l bilan boyib ketgan.
Sulla diktatorligidan foydalanib, optimatlarning to'la hukmronligini ta'minlash uchun 600 kishidan iborat senat tuzilgan. Sulla Rim senatiga bo'ysunuvchi yerlarni qisqartirgan. Sulla o'z jangchilariga Italiyani turli yerlaridan chek yerlar berib, o'z mavqeini mustahkamlagan. Miloddan avvalgi 79 yilda Sulla hokimiyatdan ketgan. 78 yilda esa o'lgan66.
Rimda Sulla vafotidan so'ng siyosiy kurash kuchayib ketgan. Sulla Rimda o'rnatgan tartib, ayniqsa proskripsiyalardan jabr chekkan kishilar bosh ko'targan. Sullachilar hukmronligini ag'darishga konsul Emiliy Lepid boshchilik qilgan. Uning taklifi bilan Rimda kambag'allarga g'alla tarqatish tiklangan. Xalq tribunlarining huquqini tiklashga uringan.
Etruriyada Sulla legionlari veteranlariga berilgan yerlarni aholi qaytarib olish uchun qo'zg'olon boshlaydi. Lepid qo'zg'oloni bostirishini bahona qilib, Etruriyaga ketadi va u yerda qo'shin to'plab Rimga hujum qiladi. Lekin Gney Pompey qo'shinlaridan yengilib, qochadi va tezda o'ladi.
Sulla hayotligi vaqtidayoq Kvint Sertoriy Ispaniyadagi Luzitaniyada qo'zg'olonga boshchilik qilayotgan edi. Bu qo'zg'olon deyarli butun Pireney yarim oroliga tarqalgan edi. Sertoriy Ispaniyadagi Osku shahrida o'z qarorgohini o’rnatib, 300 kishidan iborat senat tuzgan. Sertoriy mil.avv. 73-yilda Mitridat IV Pontiyskiy bilan ittifoq tuzgan. Bundan qattiq tashvishlangan Gney Pompey Ispaniyaga qo'shin yuborgan, lekin yengilib qaytgan. Mil.avv. 72 yilda Sertoriy rimliklar fitnasi bilan ziyofatda shaharlanib o'ladi. Pompey yana qo'shin yuborib, sertoriychilarni tor-mor qiladi.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling