1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Trayan boshqaruvi davri. Rimning so’nggi bosqinchilik yurishlari


Download 173.9 Kb.
bet23/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

3. Trayan boshqaruvi davri. Rimning so’nggi bosqinchilik yurishlari. Domitsian o'lganidan keyin keksa senator Koksey Nerva imperator deb e'lon qilingan. Pretoriylar va harbiylar bundan qattiq norozi bo'lgan. Nerva o'z atrofidagilarning maslahati bilan yuqori Germaniya legionlarining legati Mark Trayanni o'ziga o'g'il qilib olgan. Trayanning asli millati ispan bo'lib, u Rim taxtiga o'tirgan birinchi chet ellikdir. Trayan ikki yil, ya'ni 96-98 yillarda Nervaga hokimdosh bo'lgan. 98-117 yillarda imperiyani boshqargan. Trayan Senat bilan yaqin aloqada bo'lgan. Senat a'zolari bu davrga kelganda ko'proq chekka viloyatlardan tashkil topgan.
Trayan Rim armiyasining pasayib ketgan obro'sini tiklash uchun urushga tayyorlangan. U 101 yili quyi Dunayda joylashgan Dakiya podsholigiga yurish boshlagan. Rimliklarning katta armiyasi Dunayni kechib o'tib, daklarning qattiq qarshiligini sindirib, ularning poytaxti Sarmizegetuzaga boradigan yo'ldagi Apula qo'rg'onini egallagach, Dakiya Trayanga taslim bo'lgan. Dakiya og'ir shartlar asosida sulh tuzgan. Dakiya podsho Detsebal Parfiya bilan ittifoq tuzmoqchi bo'lib, qulay fursat poylagan. Trayan ulardan ko'z-quloq bo’lib turgan. Trayan damashqlik mashhur arxitektor Appaladorga Dunay daryosiga ko'prik qurishni buyurgan. Hozirgi Temir darvoza yonida Dunay tikka qoyali qirg'oqlardan oqib ketayotgan joyga g'oyat katta ko'prik qurdirgan, ko'prik qattiq qo'riqlangan. 105 yili daklar katta kuch bilan kelib, bu yerdagi rimliklarga hujum qilgan, lekin egallay olmagan. 106 yilda Trayan ko'p qo'shin bilan Dakiyaga yurish qilgan va poytaxtini egallagan. Qul bo'lishdan qo'rqib ko'p daklar, jumladan Detsebal ham o'zini o'ldirgan. Dakiya Rim provinsiyasiga aylantirilgan. Trayan bu g'alaba sharafiga Rimda yangi katta forum soldirgan. Forum va Mars maydoni orasidagi tepalikni olib tashlatgan, o'rniga kutubxona qurdirgan. Maydonga balandligi 40 metrli ustun o'rnatdirgan80.
Trayan Dakiyani zabt etgach, Parfiyaga qarshi urushga tayyorlana boshlagan. Rim qo'shinlari avval Sinay yarim orolini va Arabistonning shimoliy-g'arbiy qismini bosib olgan. Trayan 114-yilda Parfiya viloyati Armanistonga bostirib kirgan, uni egallab bu yerni Rim provinsiyasi deb e'lon qilgan. Urush 115 yilda ham davom etgan. Rim qo'shini Dajla daryosi bo'ylab yurib, Parfiyaning poytaxti Ktesifonni egallagan. Trayan armiyasi Fors qo'ltig'iga borib yetgan, bu yerda rimliklar kemalar qurgan. Ossuriya, Bobil Mesopatamiya Rim provinsiyalari deb e'lon qilingan. Rimliklar bu o’lkalarga o'z idora tartiblarini joriy etgan. Senat Trayanga yangi faxrli unvonlar bergan. Rim imperiyasi shon-shuhrat cho'qqisiga chiqqan. Lekin kutilmaganda imperiyani turli joylarida qo'zg'olonlar boshlangan bo’lib, g’alayonlar Yahudiya, Misr, Kipr, Kirenanka va boshqa joylarda yoyilgan. Trayan armiyasining bir qismini qo'zg'olonlarni bostirishga yuborgan. Parfiyaliklarning yangi armiyasi va Ikki daryo oralig'i qo'zg'olonchilari rim qo'shinlarining bir qismini qirib tashlagan. Rim qo'shini Frotning orasiga chekinib o'tib ketgan. Trayan 117-yilda Rimga ketayotib, Kilikiyada kasallanib yo'lda o'ladi. Trayan garchi sharqda mag'lub bo'lgan bo'lsada, yangi prinseps laqabini olgan.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling