1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Antoninlar sulolasi davrida Rim imperiyasi
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
5.Antoninlar sulolasi davrida Rim imperiyasi. Adrianning bolasi bo'lmagan. U boy senator Tit Avreliy Antoninni voris deb shartli qoldirgan. U o'z navbatida imperatorlikka Adrian xotinining jiyanlarini voris qilishi kerak edi.
Rim tarixchilari uning imperatorligi davrini oltin davr deb ataganlar. Bu bahona shartli ravishda qabul qilish mumkin. Antoniyga Piy laqabi berilgan. U Rim imperiyasi chegaralaridagi urush harakatlari olib borgan. Britaniya, Mavritaniyada yangi yerlar bosib olingan, dak va german qabilalarining qo'zg'olonlari bostirilgan. Alanlarning hujumi qaytarilgan. Sharqiy O’rta yer dengizi sohili, Egey arxipelagi, Kichik Osiyoda tabiiy ofatlar ko'p bo'lgan. 152 yilda Misr va Falastinda katta qo'zg'olonlar bo'lib, ular qiyinchiliklar bilan bostirilgan. Antoniy sharqiy qo'shnilari bilan tinch yashashga intilgan. Antoniy o'lgach, uning o'gay o'g'illari Mark Avreliy va Lutsiy Ver imperiyani birgalikda idora qilishgan. Asosan Mark Avreliy idora qilgan. Uning davrida jiddiy qiyinchiliklar boshlangan. Ikki buyuk davlat – Rim va Parfiya Armaniston ustida talashib qolishgan. Antoniy o'lgach, Parfiya Armanistonni bosib olgan. Rim qo'shin yuborgan, lekin qurshovda qolib halok bo'lgan. 162 yilda parfiyaliklar Suriyani egallagan. Rim yana qo'shin yuborib, parfiyaliklarni haydab chiqargan. Lekin sulh tuzishga majbur bo'lgan. Bu orada yuqumli kasallik tarqalib, ko’p askarlar o'lib ketgan. Epidemiya Rim imperiyaga ham tarqaldi. Oqibatda shahar va qishloqlar huvillab qolgan. Parfiya bilan 166 yilda sulh tuzilgan. Unga ko'ra, Armaniston Rimga qaram bo'lib qolgan. 167 yilda germanlarning markoman, sarmat, kvad qabilalari imperiyaga bostirib kira boshlagan.Ularning hujumi zo'rg'a qaytarib turilgan. 172 yilda Misrda katta qo'zg'olon bo'lib, Rim qo'shinlarini tor- mor qilgan, lekin Suriya noibi Avdiy Kassiy qo'shini bilan kelib uni bostirgan. Avdiy Kassiy shundan so'ng o'zini imperator deb e'lon qilgan. Unga qarshi Mark Avreliy otlangan. Lekin Kassiyning o'ldirilishi bilan imperiya birligi saqlanib qolgan. 180- yili Rim armiyasida yuqumli kasallik tarqalgan. U imperatorga ham yuqqan. Mark Avreliy Vena qo'rg'onida o'lgan. Milodiy II asrda o'tgan imperatorlarning hammasi quldorlar bilan kelishib ish qilganlar. Ularning ko'pi o'z zamonining ilmli kishilari bo'lgan. Adrian yunon ilm-fani va san'atining muhlisi bo'lgan va o'zi haykaltarosh bo'lgan. Uning «Yolg'izlikdagi uylar» kitobi bor. 180-192 yillarda imperiyani Mark Avremiyning o'g'li Kommod idora qilgan. U otasining tamomila aksi bo'lib, qo'pol, shafqatsiz edi. U turli yo'llar bilan davlatni o'z qo'lida saqlashga uringan, lekin fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. Uning o'limi bilan Antoninlar sulolasi tugagan82. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling