1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Rim imperatorlarning ichki va tashqi siyosat
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
2. Rim imperatorlarning ichki va tashqi siyosat. II asr oxirlarida Rim imperiyai taxtini severlar sulolasi egallagan. Sulolaning asoschisi Septimiy Sever 193-211 yillarda imperatorlik qilgan. U o`z qo`shinini Frakiya, Reyn va Dunay bo`yi qabilalaridan oligan jangchilar hisobiga ko`paytirgan. Bu viloyatlardagi boy aslozodalar Rim qo`shini va idoralarida oliy lavozimlarni egallaganlar. Ular Rim fuqarosi huquqini ham olganlar. Ular qo`shinga tayanib imperator hokimiyatini mustahkamlaganlar. Septimiy va uning o`g`illari davrida senat va senatorlarning obro`si tushib ketgan. Mamlakatda ichki ziddiyat nihoyat darajada kuchaygan. Imperatorlar qo`shin qo`mondonlaridan juda qo`rqar edilar. Severlar sulolasining ko`p namoyandalari jangchilar tomonidan o`ldirilgan. Sulolaning so`nggi vakili Aleksandr (222–235) imperiyaning ichki ahvolini yaxshilash uchun qator tadbirlar ko`rgan. U shaharlariga alohida e'tibor berib, ularga homiylik qilgan. Rimdagi toifalar tafovutini yo`q qilib katta yer egalariga yana imtiyozlar bergan. Bu hol harbiylar orasida norozilik keltirib chiqargan. U ham fitna oqibatida harbiylar tomonidan o`ldirilgan.
Aleksandr o`ldirilgandan so`ng lashkarboshilardan Maksim degan kishi imperator bo`lgan. Rim aslzodalari va senat uning ishidan norozi bo`lgan. Ko`p o`tmay Maksim ham o`zaro urushlar davrida halok bo`lgan. Shundan keyin Rim aslzodalari orasida toj-taxt uchun kurash qizib ketgan. 235 yildan 284 yilgacha Rim taxtiga 19 imperator va 30 dan oshiq hukmdor kelib ketgan. Rimdagi siyosiy tushkunlik Rim qo`shinlarining kuchsizlanishiga olib kelgan. Imperiya chekkasidagi qo`shni davlatlar ham Rimni mensimay qo`yganlar. Sharqda Eron qo`shinlari Messopotamiya, Suriya va Kichik Osiyodagi shahar va qishloqlarni talon-taroj qilganlar. Yaqinginada Rim qo`l ostida bo`lgan Armaniston uning ta'siridan chiqib ketgan. Antioxiya qo`ldan ketgan. Bir necha janglarida so`ng Eron qo`shinlari rimliklarni tor-mor qilganlar. Shimolidan frank, german va dunay qabilalarining tazyiqi kuchaygan. Shimoliy Afrikadagi qabilalar ham Rimga qarshi bosh ko`targanlar. 253 –268 yillarida imperatorlik qilgan Gallilen Rim imperiyaini tushkunlikdan qutqarishga urinib ko`rgan. Ammo uning harakatlari behuda ketgan. III asr o`rgalarida Rim imperiyaida ajralish yuz bergan. G`arbda Ispaniya, Galliya va Britaniyani o`z ichiga, olgan Galliya imperiyai tashkil topgan. Uning markaziy shahri Trir bo`lgan. III asrning ikkinchi yarmiga kelib Sharqda Misr va Palmira davlatlari ajralib chiqqan. Shu tariqa bir vaqtda qudratli bo`lgan Rim imperiyai parchalanib keta boshlagan. Imperiyadagi og`ir vaziyat Rimning hukmron tabaqalarini sarosimaga solib qo`ygan. Ular imperatorlar bilan murosa qilib o`z mavqelarini tiklab olmoqchi bo`ladilar. 270-275 yillarda imperatorlik qilgan Avrelian aslzoda va mahalliy aholidan qo`shini to`plab, xalq harakatlarini bostirib, imperiya birligini tiklashga harakat qilgan. Uning qo`shinlari totlarni Dunay bo`yidan haydab yuborgan. Italiyaga bostirib kirishga urinayotgan qabilalarning hujumi ham qaytarilgan. Avrelian Rimni dushmanlardan himoya qilish maqsadida shaharni qalin mudofaa devori bilan o`rattirgan. 273 yili Avrelian qo`shinlari Palmira shahrini ishgol qilib, uni vayron etganlar. Galliya hokimi Tetrik ham bagauzlar harakatining kengayib ketishidan qo`rqib Avrelianga itoat etgan. Avrelian imperiya birligini saqlash maqsadida «Yengilmas quyosh» degan yangi din joriy qilgan. Unga hammaning sig`inishi talab etilgan. Bu dinga e'tiqod qilishdan bosh tortgan kishilar fitnachi hisoblangan. Xristianlar ham ta'kib qilinganlar. Shu tufayli Avrelian o`ziga ko`p dushman orttirgan va 275 yili fitnachilar tomonidan o`ldirilgan. Uning ishini Prob (276–282) davom ettirgan. U Rim imperiyaining chegaralarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Lekin u qo`shni orasidagi tartibsizlikni yenga olmagan. U jangchilar orasida qattiq intizom o`rnatishga harakat qilgan Prob faoliyatidan norozi bo`lgan harbiy boshliqlar uni ham o`ldirganlar. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling