1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi


Download 173.9 Kb.
bet20/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

3. Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi. Oktavian o'z hokimiyatini qonunlashtirishga bir yil tayyorgarlik ko'rgan. Miloddan avvalgi 28 yilda Oktavian o'zini qattiq betob bo'lib qolganligini ma'lum qilgan. Sog'ayib ketgach esa Senatning puxta tayyorgarlik ko'rgan majlisini (27 yil 23 yanvarda) chaqishgan. Majlisda Oktavian mamlakatni qanday idora qilayotganligi, grajdanlar urushi tugaganligi va butun Rimda osoyishtalik o'rnatilganligi haqida axborot beradi. So'ngra Senatdan sog'ligi yomonlashganligi tufayli barcha vazifalardan ozod qilishni so'ragan. Ammo Senat Oktavianga hokimiyatdan ketmaslik buyurilsin deb qaror chiqargan. Oktavian Senatning prinsepsi, yagona prokonsuli, legionlarning bosh qo'mondoni deb e'lon qilingan. Unga avvallar xudoga qilingan murojaatlarda tilga olingan Avgust laqabi berilgan.
Senat Oktaviandan – Galliya, Illiriya, Makedoniya, Suriyani boshqarishni davom ettirishni talab qilgan. Misr Oktavian mulki deb e'lon qilingan. Bu viloyatlarning hammasini Avgust tayinlab qo'ygan noiblar – imperator legatlari idora qilgan. Ayrim kichikroq viloyatlarni imperator prokuratorlari boshqargan. Legatlar ham, prokuratorlar ham imperatorga bo'ysungan. Ularni imperator ishga tayinlagan va bo'shatgan. Avgust yagona prokonsul sifatida legionlarga qo'mondonlik, ularni to'lg'azish , askar to'plash,qo'shni davlatlar bilan muzokaralar olib borish, urush e'lon qilish va sulh tuzish huquqini olgan. Harbiy chiqimlarni ta'minlash, jangchilarga oylik va mukofotlar to'lash uchun Avgust imperiya xazinasini tuzish huquqini olgan, g'azna oltin va kumush pullar chiqarishga haqli bo'lgan74.
Shunday qilib, Avgust harbiy va grajdan hokimiyatining muhim ishlarini o'z qo'liga olgan.
4. Oktavian Avgust hukmronligi davri. Cheksiz hokimiyatga ega bo'lgan Avgust Sezar qismatini unitmagan, hech qanday xususiyati bilan boy rimliklardan farq qilmaslikka uringan, u kuchga va jamoat yig'ilishlariga uyda to'qilgan xonaki gazmoldan tikilgan kiyim kiyib chiqqan, hech qanday belgilar taqmagan, kamdan-kam nutq so'zlagan, bu ishni yaqin do'stlariga topshirgan. Avgust obro'sining tayanchi prinseps qo'lidagi qoyat katta moddiy resurslar, birinchi navbatda o'zi tashkil etgan juda katta armiya ustidan hokimligi bo'lgan. Legionlar soni miloddan avvalgi 30-yilga kelib, 75 tadan 28 tagacha qisqartirilgan. Har bir legionda 10 ta kogorta, jami 10 000 jangchi bo'lgan. Legionlarning o'z nomeri va nomi bo'lgan, legion qo'mondoni – legatni imperatorning o'zi tayinlagan. Yaxshi uyushtirilgan, texnika jihatidan yaxshi qurollantirilgan legionlar guruh-guruh qilib, harbiy va iqtisodiy jihatdan eng muhim viloyatlarga joylashtirilgan. Avgust Italiyada o'z hukmronligini saqlash va shaxsiy muhofazasi uchun 9 ta kogorta tashkil etgan. Ulardan 3 tasi Rimda, qolganlar Shimoliy Italiya shaharlariga joylashtirilgan. Mazkur pretoriy kagortasida xizmat qiluvchilar oddiy legionlardan 3 barobar ko'p maosh olishgan. Legioner 20 yil, pretorian 16 yil xizmat qilgan. O'rta yer dengizida tinchlikni saqlash uchun 2 eskadra flot saqlangan. Avgust davrida qurolli kuchlarning umumiy soni 300 000 kishiga yetgan. Bu tarixda eng birinchi muntazam yirik qo’shin bo'lgan75.
Avgustning ichki siyosati sinf xarakterida bo'lgan. Qul sotib olingandan so'ng 20 yil ichida egasi tomonidan ozod qilinishi mumkin bo'lgan. Agar qul o'z egasini o'ldirsa, o'sha paytda uyda bo'lgan barcha qullar va ozod qilingan sobiq qullarning hammasi qatl qilinishi lozim bo'lgan. Senat a'zolari soni 600 taga yetkazilgan. Provinsiyalardan soliqlarni suvoriylar to'plab borgan. Avgust tekin g'alla tarqatish, pulli sovg'alar berish, gladiatorlarning o'yinlarini o'tkazish bilan Rim plebsining ko'nglini olib borgan. Rimda osoyishtalik va tartib saqlash uchun 3 ta soqchilik kogortasini tuzgan, yong'indan saqlash ishlarini ham shu kogorta bajargan. Bundan tashqari alohida soqchilar tunggi soqchilik qilishgan. Avgust Italiy shaharlari aholini ayniqsa ko'p himoya qilgan. Apenin Rimda va davlatlik boshha qismlarida katta qurilish ishlari olib borilgan. Rimda 82 ta ibodatxona tiklangan va qurilgan. Forum yonida Avgust forumi, Avgustning jiyani Marsell nomiga muhtasham teatr binosi, hamma xudolarga atalgan Panteon ibodatxonasi, g'oyat go'zal «jahon qurbongohi» qurilgan. Romul Rimga asos solgan Palatin tepaligida Avgust bir hashamatli uy qurdirgan. Bu uy Palatiy bo’lib, imperator qasri so'zining sinonimi bo'lib qolgan.
Avgust davrida bir necha yuz ming aholi yashaydigan Rim shahri suv va g'alla bilan yaxshi ta'minlangan, yangi osma quvurlar o'tkazilgan. Shaharni idora qilish uchun shahar prefekti tayinlangan. Avgust o'z hukmronligini faqat zo'ravonlik bilan saqlab turmagan. Avgust ijodkorlarga homiylik qilgan. Avgust ko'p ibodatxonalarni, ko'plab bayramlarni tiklagan. Rimda Yuliy kulti o'rnatilgan. Ko'p viloyatlarda Avgustning donoligi izzat qilingan. Odob-axloq yuksak darajaga ko'tarishga e'tibor berilgan. Avvalo nikohsizlikka qarshi kampaniya olib borilgan, oilada vafodorlikni buzgan, axloqsizlik qilgan kishilarga jazo berish haqida senat qarorlari chiqarilgan. So'ngra uch va undan ortiq bolasi bo'lgan grajdanlarga turli imtiyozlar berilgan.
Avgustning tashqi siyosati Rimga tobe hududlarni kengaytirish, ko'plab tutqunlar hisobiga qullar safini to'ldirib turish maqsadini ko'zlagan76.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling