1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Download 173.9 Kb.
bet19/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

2. Ikkinchi triumvirat. Miloddan avvalgi 43-yilda Gay Oktavian Antoniy bilan yashargan. Oktavian, Antoniy va Lenid ikkinchi triumvianni tuzgan. Ikkinchi triumvrat rasmiy davlat organi, favqulodda huquqlarga ega bo'lishi bilan ajralib turgan. Triumvirlar proskripsiyalar o'tkazgan. Sezar qotillarga berilgan avfni bekor qilgan. Shu vaqtda Sekstning mavqei va harbiy kuchi oshib borgan. Respublika tarafdorlari Mark Brut va Gay Kassiy boshchiligidagi kuchlarning xavfi ortgan. Gay Oktavian, Antoniy armiyasi respublikachilar bilan mil.avv. 42-yilda Filippa (Italiyadan g'arbda) shahridagi jangda g'alaba qilgan. Bu g'alabadan so'ng Antoniy Afrikaga ketgan. Oktavian Rimda qolgan. Mil.avv. 30-yillarning o'rtasida Sekst Pompey kuchlari Sitsiliyada tor- mor qilingan. Antoniy Sharqdagi Tars shahrini qarorgoh qilib olib, ko'p yerlarni bosib olgan. U Misr malikasi Kleopatraga uylangan. Rim xalqi senati Kleopatraga qarshi urush e'lon qilgan. Mil.avv. 31- yilda Oktavian va Antoniy qo'shinlar o'rtasida jang bo'lgan. Antoniy askarlari Oktavian tomoniga qochib o'ta boshlagan. Antoniy o'zini–o'zi o'ldirgan. Kleopatra ham shunday qilgan. Antoniy va Kleopatra halokatidan keyin Rim Misrni zabt etgan. Oktavian Rim davlatining birdan-bir hokimi bo'lib qolgan, u Rim tarixida yangi davrni – Rim imperiyasi davrini boshlab bergan73.
Antoniy va Kleopatraga qarshi olib borilgan urush Misrni istilo qilish bilan tugagandan so'ng (mil.avv. 30 yil) Oktavian Avgust Rim mulkining yagona hokimi bo'lib qolgan. U miloddan avvalgi 29 yilda Rimga qaytib kelib, g'oyat katta dabdabali zafar bayramini o'tkazgan. So'ng Rimdagi xudo Yanus ibodatxonasi yopib qo'yilgan, bu rimliklar davlatida osoyishtalik o'rnatilganligining nishonasi bo'lgan.
Oktavian o'zining triumvir lavozimini tantanali suratda topshirib, senat va komissiyalardan umrbod imperator unvonini olgan. Oktavian dastlab senatni va armiyani dushmanlardan tozalagan. Legionerlarning ko'p qismini bo'shatib yuborgan, ularga musodara qilingan yerlardan ulush bo'lib bergan.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling