4-mavzu. Amaliyot hisoboti uchun sohada iqtisodiy islohotlarning olib borilishini o‘rganish jarayonida asosiy e’tibor xususiylashtirish jarayonlarining borishi, uni boshqarish va tashkil qilishni modernizatsiya qilish, erkinlashtirish masalalariga qaratilishi lozim. Bu savol uchun asosiy ma’lumot manbalari bo‘lib O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Davlat Dasturlari hamda bu dasturlarni bajarilishi monitoringi materiallari hisoblanadi.
5-mavzu. To‘plangan ko‘rsatkichlar dinamikasi, ularning o‘zgarish tendensiyalari, omillari, sabab-oqibat bog‘lanishlari va kutilayotgan natijalarini tahlil qilish.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar keyingi 3 yil uchun to‘planadi va jadvallar, grafiklar hamda diagrammalarda tasvirlanadi. Iqtisodiy va moliviy ko‘rsatkichlar tahlilida miqdoriy va sifat o‘zgarishlari to‘liq asoslanadi, qonuniyatlar va tendensiyalar aniqlanadi.
6-mavzu. Tashkilotning rivojlanish istiqbollarini o’rganish.
Hukumat qarorlari, Davlat dasturlari va amaliyot o‘tish bazasida mavjud bo‘lgan ishlanmalar asosida o‘rganish.
7-mavzu. Tashkilotning innovatsion va investitsion faoliyatini o’rganish, jadvallar asosida tahlil qilish.
Investitsiya – bu faoliyat yuritishda daromad olish maqsadida va ijtimoiy samaraga erishish uchun yo’naltirilgan pul mablag’lari, maqsadli bank qoyilmalari, pay, aksiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar, texnalogiya, mashina, jihozlar, lisenziyalar shu jumladan tovar belgilari, kreditlar, boshqa boyliklar yoki intellektual qiymatga ega bo’lgan boshqa narsalar tushuniladi.
Malakaviy amaliyotchi korxonadagi investitsiya mablag’laridan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi.
8-mavzu. Amaliyot natijalari to‘g‘risidagi hisobotni rasmiylashtirish, amaliyot rahbari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatish va taqrizga taqdim etish.
Malakaviy amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish mazkur dasturning 6-bo‘limida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi. Hisobot bo‘yicha har ikkala rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar himoyaga qadar to‘liq bartaraf etilishi lozim. Amaliyot bazasidan tayinlangan rahbar amaliyot bo‘yicha kundalik daftarining tegishli varag‘ida taqriz yozadi va uning imzosi tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi. Institut rahbari taqrizida hisobotdagi yutuq va kamchiliklar muxtasar tarzda aks etishi va uning xulosasi bayon qilinishi zarur.
ILOVALAR
1-ilova
60310100- iqtisodiyot ta’lim yunalishi bo’yicha bakalavrlar amaliyot ob’ektlari: - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xulq-atvor, ularning xarajatlari va natijalari, harakatdagi bozorlar, logistik va axborot oqimlari, logistik markazlar, iqtisodiyotning tarmoqlar va soxalar bo’yicha tarmoqlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, logistik iqtisodiy markazlar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar, xolding, ishlab chiqarish birlashmalarining rivojlantirish asoslari, firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va maxalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash hamda ishlab chiqarish, logistik faoliyatni olib boruvchi barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi korxona va firmalar: iste’mol tovarlari bozori, xizmatlar bozori, ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori, xalqaro bozorlardagi jarayonlari xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |