1. Jahon iqtisodiyoti va xim fanining predmeti
Jaxon iqtisodiyoti tushunchasi
Download 153.2 Kb.
|
Jahon iqtisodiyoti va XIM fanining predmeti — копия
Jaxon iqtisodiyoti tushunchasi. Jaxon xo’jaligining vujudga kelishi. Jaxon iqtisodiyoti tushunchasi. Jaxon iqtisodiyoti tarkibi
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin1. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma’noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘- jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo‘lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyolarning ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo‘jalik yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi xalqaro savdo va jahon xo‘jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o‘z aksini topgan Download 153.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling