1. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi Mulkchilik munosabatlari


Якка тартибдаги хусусий мулк –


Download 68,99 Kb.
bet4/8
Sana30.01.2023
Hajmi68,99 Kb.
#1141286
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozing mulkchilik munosabatlariga ta’siri

Якка тартибдаги хусусий мулк – неъматларнинг алоҳида олинган мулкдор томонидан ўзлаштирилиши

Аралаш мулк –
турли мулк шакллари синтезидан ташкил топиб, неъматларнинг шунга мувофиқ тарзда ўзлаштирилиши

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.


Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga to’sqinlik qiladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.

Download 68,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling