1. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi konsepsiyalar
Download 4.52 Kb.
|
falsafa 10 -mustaqil talim
Mavzu;Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari.[A.Toyinbi, E.Tofler, S.Xantington asarlarining qiyosiy tahlili asosida .] Reja . 1.Jamiyat taraqqiyoti haqidagi konsepsiyalar. 2.Axborotlashgan jamiyat tushunchasi. Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining xisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy soxalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yukori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa xarag’atlantiruvchi kuch moddiy maxsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi xam o’zgaradi. Barcha xarag’atlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yunaltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu xol aqliy mexnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bulmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin: Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish. Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish. Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish. Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish. Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: Birinchidan, ukitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan ukuv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga kizikishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini ustiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani ukuv jarayonining sub’ektiga aylantiradi. Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi: ·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari; ·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida; ·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda; ·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; ·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. Download 4.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling