1 jamoatchilik kengashi: Turgunpolat daminov
Yaxshi ovqatlanmaslikdan
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togri ovqatlanishning aha- miyati.
- Ona suti sut bezlarining faol ishlashi tufayli vujudga kelib, chaqaloq uchun beqiyos tabiiy taomdir. Tadqiqotchilar ona suti tarkibida oziq moddalarning
- ONALIK VA BOLALIK
- Xalqimiz azal-azaldan jamoa bolib, kengash qurib, bahamjihatlik bilan umrguzaronlik qilgan. Bu milliy tabiatimizga singib, asrlar davomida
- 2012-YIL MUSTAHKAM OILA YILI
- Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirishga
- JIYDA GULI
Yaxshi ovqatlanmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar. In- son soglom bolishi va barakali mehnat qilishi uchun meyorda sifatli ovqatlanishi zarur. Kop- gina kasalliklar toyib ovqatlan- maslikdan kelib chiqadi. Orga- nizm uchun zarur bolgan ov- qatlarni yemagan yoki toyib ovqatlanmagan kishi, kasal va darmonsiz boladi. Shuningdek, toyib ovqatlanmaslik quyidagi muammolarni keltirib chiqar- ishi mumkin: sekin osish yoki yetarli vaznga ega bolmaslik; yurish, gapirish va fikrlash sustligi; qorinning kattaligi, qol va oyoqlarning ozginligi; uzoq davom etuvchi koplab kasalliklar va infeksion kasalliklar ogir kechadi va kopincha olimga olib keladi.
gan odamlarda toyib ovqat- lanmaslik kasalligi yuzaga kela- di. Bu kasallik ovqatlanmaslikn- ing har qanday turidan: umu- miy toymaslik va yetarlicha Ona suti sut bezlarining faol ishlashi tufayli vujudga kelib, chaqaloq uchun beqiyos tabiiy taomdir. Tadqiqotchilar ona suti tarkibida oziq moddalarning 10 dan ortiq guruhini aniqlab, ularni ikki katta guruhga ajratadilar. 3 «Soglom avlod uchun», 2012-yil, 6-son. ONA SUTI...
17
18 ONALIK VA BOLALIK 18 toymaslik yoki qaysidir ov- qatlarni juda kop yeyishdan kelib chiqadi. Har qanday odamda toymaslikning oddiy turi kelib chiqishi mumkin, le- kin bu quyidagilar uchun ay- niqsa xavflidir: bolalarning yaxshi ulga- yishi va soglom bolishi uchun tola qiymatli ovqatlar bolishi kerak;
tugish yoshidagi ayol- lar, ayniqsa ular homilador yoki emizikli bolsalar ozlari va chaqaloqning soglom bo- lishi hamda oz kundalik yumushlarini bajarishi uchun qoshimcha ovqat istemol qilishlari kerak. Oqsilga boy bolgan parranda mahsulotlaridan biri tuxumdir. Emizilayotgan bolalarga tuxum- ni pishirib yoki ovqatga aralash- tirib berish mumkin. Tuxum kokrak suti bilan bir qatorda, bola osgan sari berilsa ham bo- ladi. Qaynatilgan tuxum postini yaxshilab ezib ovqatga aralash- tirib berilsa, u yaralar paydo bolayotgan, tishlar tokilayot- gan va mushaklar tortishayot- gan homilador ayollar orga- nizmini zarur kalsiy bilan ta- minlaydi. Gosht mahsulotlaridan ji- gar, yurak, buyrak, ayniqsa, oqsil, vitamin va temir mod- dasiga boydir. Shuningdek, bal- iq juda toyimli mahsulot hiso- blanadi. Loviya, noxat, mosh ham oqsil manbaiga boy. Ularning ozgina kurtak chiqarganlari vi- taminlarga boy bolib, ovqatga ishlatilsa yaxshi natija beradi. Yosh bolalarning ovqatiga pishirilgan, posti archilgan va ezilgan loviya qoshish mumkin. Yashil bargli osimliklar tarkibida biroz temir va oqsil hamda koplab A vitamini bor. Ayniqsa loviya, noxat, oshqovoq va qovoqcha (ka- bochka) larning barglari oziqli moddalarga boy. Shu bois ularni quritib, toyib istemol qilish va bola ovqatiga qoshib berish foydali. Guruch, bugdoy va boshqa don mahsulotlarini tegirmon- da postidan ajratilmagan hol- da yanchilgani toyimliroqdir. Ortacha yanchilgan guruch va bugdoy, mayda yanchilgan mahsulotga nisbatan oqsil, vi- tamin va minerallarga boydir. Bugdoy, joxori va guruch- lardagi oqsillar yoki moshlar bilan istemol qilinganda orga- nizmga yaxshiroq singadi. Sabzavotlar hamda guruch- ni suvda meyoridan ortiq pishir- ib yuborish ular tarkibida oqsil- lar yoqolib, vitaminlarning kamayishiga olib keladi. Qaynat- madan ortgan suvni ichish yoki boshqa ovqatga qoshib ishlatish mumkin. Koplab yovvoyi va rezavor mevalar tabiiy shakarga, xusu- san, S vitaminiga boy boladi. Ular qoshimcha vitaminlar va quvvat manbaidir. Tolqin NODIROV, Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sogligini saqlash maktabi ilmiy izlanuvchisi. 19 Hayot mahalla fuqarolar yi- gini raisidan ulkan hayotiy taj- riba, yuksak aql-zakovat, gozal xulq sohibi bolishini taqozo etmoqda. Axir oqsoqol degani elga yolboshchi, yoshlarga murabbiy degani. Uning tafakkuri har qan- day chigal masalani ham yecha olish salohiyatiga ega bolishi, insonlar taqdirida katta ahamiyatga ega. Biz Olmazor tumani, Gu- ruchariq mahalla fuqarolar yigini raisi Mirvohid Magirpovni ana shu mavzuda suhbatga tortdik. Oqsoqollik lavozimi meni jamoatchilik bilan hamfikr bolib ishlashga, ularning dardi va qu- vonchiga sherik bolishga, odam- lar qalbini tushuna olishga davat etadi, deydi Mirvohid aka. Joriy yilning Mustahkam oila yili deb nomlanishi esa, biz mahalla oqsoqollari zimmasiga yanada katta masuliyat yuklaydi. Mahallamiz aholisi soni 4694 nafar. Shularning qariyb 70 foizini yoshlar tashkil etadiki, bu ja- moatchiligimizni har lahza ogoh yashashga, yoshlarga togri yol korsatishga, kelajakka komil ishonch bilan boqishga undaydi. Bu qatlamning salkam ikki ming nafari maktab yoshidagi bolalar hisob- lanadi. Mahalla hududida joylashgan 28-umumtalim maktabida oquv- chilarni oilaga tayyorlash maqsadida Orasta qizlar maktabi, Yosh oila quruvchilar maktabi tashkil qilingan. Orasta qizlar maktabida mahalla xotin-qizlar qomitasi vakillari va ayol oqituvchi- murabbiylar hamkorligida milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash, kiyinish odobi, tani sihatlik, soglom turmush tarzi mavzulari- dan saboqlar otiladi. Yosh oila quruvchilar mak- tabida esa tibbiy mutaxassislar va mutasaddi idoralar xodimlari ishtirokida, yigit-qizlarga oila- muqaddas dargoh ekanligi haqida talim-tarbiya berilmoqda. Mustahkam oila yilida ish bilan bandlik muammosi qanday hal etilishi masalasida, mahal- ladagi 33 nafar tadbirkor bilan hamkorlikni yolga qoyib, yangi ish orinlari yaratish choralarini koryapmiz. Yoshlarni sportga osh- no etish orqali soglom turmush-
AHIL MAHALLA JAMIYAT TAYANCHI
tarzini qaror toptirishga alohida etibor qaratmoqdamiz. Yurtboshimiz tomonidan Ozbekiston bolalar sportini rivoj- lantirish jamgarmasi Homiylik kengashining navbatdagi yigilishi otkazilib, unda shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar bilan bogliq masalalar muhokama etilgani barchamizga malum. Ayniqsa qizlarni sportga keng jalb etish, ular muntazam om- maviy sport bilan shugullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bu borada ustuvor yona- lishlardan biri bolib turibdi. Respublikamizda muntazam otkazib kelinayotgan uch bos- qichli sport oyinlari Umid nihollari, Barkamol avlod va Unversiada musobaqalari yur- timiz bayrogini baland kotara- digan, yurt shani, xalq gururi yolida kurashadigan mahoratli sportchilarni tarbiyalashda oziga xos maktab vazifasini otamoqda. Guruchariq mahallasi yoshlari ham bunday musobaqalarda faollik bilan ishtirok etib kelayotir. Mahallada bolalar sportini rivojlantirish uchun Toshkent shahar hamda Olmazor tumani sport majmualari bilan shartnomalar tuzilib, bu yoshlarni ruhan va manan chiniqishga un- damoqda. Har yili ish rejasi asosida 150 nafarga yaqin mahalla bolalari Istiqlol sport majmuasi, Bu- loqcha suv havzalariga yubo- rilyapti, kam taminlangan, boquv- chisini yoqotgan oilalar bolalariga bunday tadbirlar esa bepul qatna- shish imkoniyatini yaratayapti. Mamlakatimizda sport om- 19
20 2012-YIL MUSTAHKAM OILA YILI 20 maviylashgani tufayli mahal- lamizda ham futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, karate, boks, yengil atletika, kurash va boshqa turlar bilan shugullanuvchi yoshlar soni ortib boryapti. Natija esa faxr qilsa arzigudek. Masalan, Hasan Abdushukurov karate bo- yicha Ozbekiston chempionati goliblaridan. Bir qator davlatlar, jumladan, Singapur, Hindiston, Italiya, Yaponiya, Janubiy Ko- reyada bolib otgan sport muso- baqalari, Osiyo birinchiliklarining ishtirokchisi, qora belbog sohibi. Xojiakbar Qodirov boks boyicha 1999-yilgi Toshkent shahar chempioni, 2012-yil esa Toshkent shahar terma jamoasiga nomzod, Respublika musobaqalari sovrin- dori, 1-toifali sportchi (murabbiyi M.Ahmedov). Futbol yonali- shida Behruz Begmatov Jahon chempionati saralash musoba- qalari ishtirokchisi, Osiyo muso- baqalari kumush medal sohibi, uch karra shahar chempioni, sport ustasi (murabbiyi R.Imomov). Mana shunday sportchilar nafaqat mahallamiz, balki yurtimiz sha- nini munosib himoya qilib kela- yotgani barchamizning faxri- mizdir. Demoqchimanki, jahon chempionlari oddiygina mahal- ladan chiqayotgani kishiga hayrat, zavq-shavq bagishlaydi. Mahallalarda Ota-onalar universitetlarini tashkil qilinishi, farzandlar tarbiyasini shakllan- tirishni asosiy vazifa etib belgilashi, biz mahalla muassasalari oldiga ham muhim vazifalarni kondalang qoydi.
Oila institutini tashkil qilish dasturi asosida esa mahalladagi 13 ta kochaga, 13 nafar ziyoli fuqa- rolar, onaxon-u otaxonlardan ibo- rat kochaboshilar saylandi. Ular bugun yoshlarga, yosh oilalarga ozlarining namunali hayotidan kelib chiqib togri yol korsat- moqda. Har haftaning payshanba kuni xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqshunoslarni taklif etib, turli mavzularda suhbatlar uyushtirib, yosh oilalarni qiziq- tirgan savollariga javob- lar berilmoqda, deydi oqsoqol. Biz mahalla faoliyati bilan tanishishda davom etar ekanmiz, onalik va bolalikni himoya qilish borasida Soglom avlod uchun xalqaro xayriya jamgarmasining tu- mandagi vakillari, ma- halla xotin-qizlar qo- mitasi va 19-oilaviy poliklinika shifokorlari ozaro yaqin hamkorlik qilayotganiga guvoh boldik. Ayollarning reproduktiv salomat- ligini mustahkamlash, soglom bola dunyoga kelishini taminlash, yosh avlodni barkamol qilib jismoniy va manaviy jihatdan shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish boyicha 52 ta yosh oila bilan ilmiy- amaliy yonalishda suhbatlar otkazilgan. Bu haqda poliklinikaning mahalladagi masul shifokori Gulnora Umarova quyidagi fikr- larni malum qildi: Mahallamizda har oyning ikkinchi haftasi sog- lomlashtirish haftaligi, deb belgi- langan. Ona va bola salomatligini muhofaza qilish hamda soglom avlodni shakllantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar tog- risidagi 1096-sonli Buyruq ijrosiga binoan, 20092013-yillarda reproduktiv salomatlikni mustah- kamlash, soglom bola tugilishiga erishish, jismoniy va manaviy barkamol avlodni voyaga yetka- zish, ona va bola salomatligini nazo- rat qilish uchun tibbiy tekshiruvlar otkazib kelinmoqda. Bu tekshi- ruvlar okulist, kardiolog, nevro- patolog, ortoped, endokrinolog, dermatolog, ginekolog mutaxas- sislar yordamida otkaziladi. Tekshiruvdan oldin maruzalar oqiladi, savol-javoblar qilinadi. Ayni tadbir bizga aholini ruhan va manan yaqinlashtirib ular bilan yaqindan ishlashga qulay imko- niyat tugdiradi. Mahallaning ozoda va shinam kochalaridan borar ekanmiz, ko- zimiz barq urib osayotgan ni- hollarga tushdi. Mahallada bahor mavsumida hashar yoli bilan sal- kam 1300 tup mevali daraxt ko- chatlari ekishgan ekan. Son- sanoqsiz bu nihollar erta bir kun kokka boy chozib mahalla kocha- lariga kork, xonadonlariga esa rizq- roz bolishini koz oldimizga keltirib, ezgulik nihollarini qadagan yosh- lardan bagoyat xursand boldik. Vatan kindik qonim to- kilgan gosha deya bejiz aytish- magan. Mahalla esa mojaz Vatan! Biz bir mahalla faoliyati bilan tanishish asnosida, bu tuzilma jamiyatimizning ham manaviy, ham madaniy tayanchi ekanligiga yana bir karra amin boldik. Sherzod QURBONOV tayyorladi.
21 Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirishga, xalqimiz turmush tarzining yanada farovonlashuviga, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini taminlashga, uning dunyo miqyosidagi obro-etiborini yanada yuksaltirishga, ayniqsa, yosh avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgandir. Jamiyatimiz asosi bolmish oila institutini yanada mus- tahkamlash va rivojlantirish, oilalar, ayniqsa, yosh oilalar- ning huquqiy va ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qollab-quvvatlash borasidagi ishlarni sifat jiha- tidan yangi bosqichga kota- rish, jismonan soglom, ma- naviy yetuk, har sohada bilim- don avlodni tarbiyalashda oila- ning rolini oshirish, soglom oilani shakllantirishda mahal- laning mavqeini mustahkam- lashga doir aniq maqsadga yo- naltirilgan keng kolamli chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish maqsadida, 2012-yil mamlakatimizda Mustahkam oila yili deb elon qilindi. Yosh avlodni tarbiyalash va uni komillikka yetkazish oiladan boshlanishini hisobga olsak, tabiiyki, inson oz hayotini OILA MANAVIYATI MILLAT QADRIYATI oilasiz tasavvur qila olmaydi. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida ular ongiga ozaro totuvlik, mehr-oqibat, meh- natsevarlik, vatanparvarlik kabi hayotbaxsh qadriyatlarimizni singdirib borsalar nur ustiga alo nur boladi. Bunda oila bekalari hisob- langan ayollarning orni va roli ayniqsa katta. Rizouddin ibn Faxriddin, xotinlari tarbiyali bolgan xalq tarbiyali, xotinlari tarbiyasiz bolgan xalq tar- biyasiz bolib, ayollari tirish- qoq, tadbirkor, irodali bolgan xalq boydir. Insonlar har vaqt ayollar istagan kabi bolganlar, agarda buyuk va fazilatli odamlarga ehtiyojingiz bolsa, ayollarga buyuklik va fazilatlarni orgatingiz, deya ogit bergan. Demak, momolarimiz, onalarimiz, opa-singillarimiz aql-u zakovatli, bilimli, tarbiyali, hayoli, yani, hayot va oila maktabini otagan, ajdodlar pandini qalbiga sing- dirgan bolsa, mustahkam oilaning asos-tayanchi boladi. Bolasining polvon bolishini istagan erkaklar ayollarini asrasinlar, bolam qatordagi nor bolsin, degan onalar esa go- daklarini albatta ikki yil kokrak suti bilan parvarish qilsinlar, degan hikmatomuz gap bor. Xalqimizda keng fel ket- mas davlat degan yana bir pur- mano gap bor. Shu bois, mus- tahkam oila qorgonini saqlash uchun ota-onalar bilan farzand- larning gozal fel-atvorlari ham- ohang bolishi lozim. Farzandlar kamoli, ular kelajagi ota-ona qolida. Ota oila ustuni, farzandlarga gamxor, mehribon murabbiy. Oz navbatida, farzandini bagriga bosib qalb qori, yurak tafti bilan kamolotga yetaklovchi muqaddas zot bolish onalarga xosdir. Xalqimizda shunday naql bor: Ota aql, ona idrok, Ota bilak, ona yurak. Beshikdagi bola ona sutiga, uning sehrli allasiga qanchalik muhtoj bolsa, onalar tarbi- yasiga ham shunchalik ehti- yojmanddir. Balogat yoshiga yetib, tur- mush qurish vaqti kelganda ikki tomon yigit va qizning axloqli, odobli, ilmli va hunarli ekanini, uning dosti, yoki dugonasi kimligini albatta surishtirsin. Darhaqiqat, milliy urf-odat va ananalarimizni yosh avlod ongiga singdirish, ularni yetuk shaxs etib voyaga yetkazishning tasirchan vositalaridan biri ekan, bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish, ular- ning ogitlarini hayotga tatbiq etish davr talabi hisoblanadi. Farzandlarimiz mustahkam oilaning tarbiyali azolari bolishi uchun mahalla, oila, maktab birgalikda manaviy- marifiy ishlarni amalga oshirishi darkor. Prezident Islom Karimov Yuksak manaviyat yengil- mas kuch asarida, ota-bobo- larimiz qadimdan bebaho boylik bolmish ilm-u marifat, talim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy
21
22 JIYDA GULI sharti va garovi, deb bilganligini alohida takidlab otgan. Turkiy xalqlarning XI asrga mansub eng yirik yozma yodgorligi Yusuf Xos Hojibning Qutadgu bilig asarida Ota-ona oz farzandini bilimdon, odobli qilib tarbiyalamogi uchun uni jiddiy nazorat qilishi lozim. Har bir oila farzandining kamol topishi, baxtli bolishida ilk tarbiyachi ota-onadir, deya takidlagan. Hazrati inson, avvalo, bilim, aql-u idrok tufayli muhtaram, shuning uchun, bilim olishga intilish lozim. Bilikli sozi pand, nasihat, adab, Biliglikni ogdi ajam ham arab. Tavarsizga bilgi tuganmas tavar, Hisabsizqa bilgi yarilmas hisab. deb yozadi bilimni saodatga eltuvchi yol, deya tariflagan bobomiz.
Oila qorgonining mustah-kam bolishi uchun ota-ona ilm-u marifat, axloq-odob sabogi- dan xabardor bolgan, halol, teran fikrlovchi insonlar bol- mogi lozim. Shunday kishi- largina farzandlarining barka- mol bolib voyaga yetishishida masul bola oladilar. Darhaqiqat, inson oilada kamolga yetadi. Undagi yaxshi fazilat yoki yomon illatlar ham shu maskanda shakllanadi. Oila mustahkamligi jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi omil- lardan hisoblanadi. Negaki, jamiyatning manaviy sog- lomligi oila soglomligiga bogliq. Mehr-oqibatli oilada dunyoga kelgan, shakllangan bola ota- ona, aka-ukalari, opa-singil- lariga, qolaversa, ozi yasha- yotgan jamiyatga mehr-oqibatli, shafqatli, oz oilasi, oz xalqi va yurtiga fidoyi bolib voyaga yetadi.
Agar oila barqaror, tinch bolmasa, kishining halovati buziladi, ishlash, fikrlash qobiliyati susayadi. Zero oila halovat maskani hamdir. Buyuk ajdodlarimizdan meros bolib kelayotgan asar- lardan farzand tarbiyasi oila mustahkamligi asosi ekanli- gining isbotini kormoqdamiz. Oila jamiyat taraqqiyotiga faol tasir korsatuvchi ijtimoiy hodisadir. Oila hayotning aba- diyligini, avlodlar davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf- odatlarni saqlaydigan, kelajak nasllarni voyaga yetkazadigan muqaddas tarbiya dargohi ekanini hamisha yodda saqlamogimiz lozim.
Aziza ZAYNITDINOVA, OzMU dotsenti 22
23 Yurtboshimiz Islom Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa sanatisiz erishib bolmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa sanati azaldan beqiyos orin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mominobod qishlogida 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholgusi topilgani ham shundan dalolat beradi. Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi, deya takidlagan. Uzoq otmishdan buyon in- sonning ruhiga taskin, quvvat berib keluvchi, sehrli cholgu atalmish nayning sehri nimada ekan? Roviylarning aytishicha, qadim zamonlarda sehrli Qaqnus qushi bolgan ekan. U umr boyi or- monda yolgiz yashab, shox-shabba toplab togdek garam yigarkan. U ulkan garamga songgi xasni tumshugida keltirib, garam choqqisiga qoyib ozi uning ustida bir pas orom olarkanda, shunday xonish qilishga tushar ekanki, uning nolai navosidan butun ormondagi parranda-yu darran- dalar toplanishib mast bolib qolar ekan. Xonish avji pardasiga chiq- qanda, sherdan to qumursqagacha uxlab qolarkan. Shunda uning tum- shugidan chiqqan, parcha chogli oh dan garamga ot tushib, ozi kuyib kul bolar, kultepaning osti- dan esa palapon chiqar, palapon ham kuchga tolib Qaqnusga aylanar ekan. Kunlarning birida ormonga sayrga chiqqan musiqani sevuvchi dono Faylaqus Qaqnus sayrashini eshitib, unga oshiq bolib qolibdi. Song uni asta kuzatib, tumshugida odatdagi qushlarnikidek bir juft emas, bir necha teshikchalar bor- ligini payqab qolib, uning sehrli navosi sirini bilib olibdi. U taqlidan bir qarich qamish poyasini kesib olib, uni Qaqnus- ning tumshugidagi teshiklarga qiyosan teshib puflagan ekan un- dan kuy yangray boshlabdi. Nay ana shunday paydo bolgan emish. Nay haqida yana qanchadan-qancha afsona va rivoyatlar bisyor. Keling, nayning tuzilishi haqida toxtalib, Faylaqusning nechogli topqir va donoligiga tan beraylik. Puflab chalinadigan bu musiqa asbobi, Sharq mamlakatlari, xu- susan, Orta Osiyoda keng tarqalgan. Nay boylamasiga va yonlamasiga ushlab chalinuvchi yakka musiqa asbobi hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, yonlamasiga ushlab chalinadigan nay turi yetakchi nay, deb ataladi. Nayning eng qadimgi turi chopon naydir. Bu musiqa asbobi tayyor- lanish mahsullariga kora turlicha nomlar bilan ataladi: garov nay, yogoch nay, mis nay va boshqalar. Mazkur naylarning diametri 20-30 millimetr va eng uzuni 450-520 millimetrgacha bolishi mumkin. Nay kanalining bir uchi (yuqorisi) tiqin bilan berkitilib, ana shu qismiga yaqin yon tomonida puflanadigan teshigi hamda uning pastrogida 6 ta chalgich barmoq teshiklari boladi. Bu teshiklar bar- moqlar bilan tola yoki yarim ber- kitish va puflash kuchini ozgar- tirish natijasida 2,5 oktava diapa- zondagi tovushqator hosil qilish mumkin. Barmoq bilan berkitila- digan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saqlashga yordam beradigan 2 yoki 3 ta teshik ham boladi. Ananaviy ozbek va tojik chol- gu ansambllari tarkibida nay yetakchi sozlardandir. Kuy bosh- lanadigan pardaga bogliq holda nayga moslab boshqa asboblar sozlangan. Xulosa qilib aytganda, naydagi barmoq chalgich teshikchalar berkitilishi soniga qarab milliy sozandalarimiz orasida besh qol, tort qol, uch qol deb nom- lanuvchi soz turlari qollangan. Hozirda nay asbobining orni yak- kanavoz va jornavoz soz sifatida yanada kengaydi, undan xalq cholgu ansambllari va orkestrlari foydalanishning yangicha usullari yuzaga keldi. Zero, nay Qaqnus qushining tumshugidan chiqqan ishq oti- ning ohu navosi ekan, uning sehri ham shunda bolsa, ajab emas! Sherzod QURBONOV Nay navosi qorongi hujraga quyosh nurlari tirqishdan kirib munavvar nur baxsh etgandek, qalb burjiga yogdu, xasta dilga charogonlik baxsh etadi. Inson ruhini kongilning eng nozik choqqilariga chiqishiga qanot boglab beradi. Naydan kuy taralganda chaman ichra xonish qilayotgan bulbul toxtab qolarmish, deganlari ham bejiz emas. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling