1 jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat daminov


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.08.2017
Hajmi0.5 Mb.
#12676
1   2   3   4   5   6

NAY NAVOSI —

DIL DAVOSI

HAYRAT

23


24

Bugungi  kunda  yurak-qon

tomir kasalliklarining oldini olish,

uni davolashga jahon miqyosida juda

katta ahamiyat qaratilgan. Butun

jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda yiliga

yurak-qon  tomir  kasalliklari

tufayli 17,4 mln. kishi  hayotdan

ko‘z  yumar  ekan.

Respublikamiz kardiologlari

olib  borgan  ilmiy  izlanishlar

natijasiga ko‘ra, yurak xastaligiga

aholining  25  foizi  qon  bosim

oshishi,  30  foizi  qonda  xoles-

tirin  miqdori  ko‘payishi,  50

foizi  jismonan  kam  harakatda

bo‘lishi,  40  foizi  semizlik,  54

foizi  tamaki  chekish  oqibatida

duchor  bo‘lar  ekan.

Umuman  olganda,  yurak-

qon  tomir  kasalliklaridan  sodir

bo‘layotgan o‘limlarning 90 foizga

yaqini yurak ishemik kasalliklari va

qon  bosim  kasalliklari,  ularning

asoratlari bilan bog‘liq.

Yurak-qon tomir kasalliklari

oqibatidagi nogironlik va o‘limni

kamaytirish  strategiyasi quyidagi

yo‘nalishlarda olib borilsa maqsadga

muvofiq bo‘ladi.

Birinchidan,  populyasion

strategiya yo‘nalishi bo‘lib unda

yurak-qon tomir kasalliklarining

birlamchi  profilaktikasi  hisob-

lanadi va bunga aholining bilim

darajasini  oshirish hamda sog‘lom

turmush  tarzini  shakllantirish

orqali  erishiladi.

Shuningdek,  xavf  omillarini

erta  aniqlash  va  ularni  bartaraf

qilishga  qaratilgan  ikkilamchi

profilaktika  asosan,  tibbiyot

xodimlari  tomonidan  amalga

oshiriladi.

Keyingi yo‘nalishda esa davo-

lash — profilaktika  muassasalarida

yurak-qon tomir kasalliklari diag-

nostikasi  va  davolashning  yuqori

samarali usullarini qo‘llash orqali

kasallik asoratlarini va ular tufayli

sodir bo‘ladigan o‘limni kamayti-

rish imkoniyati hisoblanadi.

Keyingi  yillarda  tibbiyot

sohasida  bosqichma-bosqich

Qishloq sharoitida qon bosimi oshgan bemorlarga

ilk tibbiy yordam ko‘rsatish

tarzda  olamshumul  islohotlar

amalga oshirilmoqda.

Respublika  ixtisoslashtirilgan

kardiologiya  markazining  tashkil

qilinishidan  asosiy  maqsad,

aholiga  ko‘rsatilayotgan  kardio-

logiya  xizmati  jahon  talablari

darajasiga  yetkazish  hamda,

yurak-qon  tomir  kasalliklari

tufayli  sodir  bo‘layotgan  nogi-

ronlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini

kamaytirish.

Hozirgi  kunda  Respublika-

mizda kardiologiya xizmati tizimi

to‘la  shakllangan  bo‘lib,  12  ta

viloyatda  kardiologiya  dispan-

serlari,  332  ta  kardiologiya

kabinetlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qishloq joylarda yurak kasal-

liklarining birlamchi va ikkilamchi

profilaktikasini o‘tkazishda qishloq

shifokorlari  bevosita  ishtirok

etadilar. Bugungi kunda qishloq

aholisi orasida bosh miya insulti,

o‘tkir  miokart  infarktini  oldini

olish va davolash chora-tadbirlari

ham  muhim  omillardan  biri

hisoblanadi.

Ma’lumki,  yurak-qon  tomir

kasalliklaridan bo‘ladigan  kasal-

lanish  va  o‘limning  30  foizdan

ortig‘i  qon  bosimining  ortishi

xastaligi  (tabobatda  arterial

gipertenziya    (AG)   deyiladi)

bilan  bog‘liq.  AGning  90  foizi

idiopatik  yoki  birlamchi  giper-

toniyadir.  Qolgan  10  foizini



Ma’lumki, yurak-qon

tomir kasalliklari omma

orasida  keng tarqalgan

bo‘lib, u turli xil

xastaliklarga olib keladi,

oldi olinmasa, o‘lim

holatiga ham sabab

bo‘ladi. Shu boisdan ham

qishloq sharoitida

kasallikning oldini olish,

bemorlarga tibbiy yordam

ko‘rsatish, ularni malakali

shifokorlar nazoratida

davolash ishlari

mamlakatimizda tubdan

yangilandi. Yuqori

bosqichga ko‘tarildi.

ISIRIQ

TO‘G‘RI  TASHXIS  —

SAMARALI  SHIFO

24


25

4  «Sog‘lom  avlod  uchun»,  2012-yil,  6-son.

ikkilamchi  ya’ni  simptomatik

gipertoniya  tashkil qiladi.

Shu  bois,  qishloq  aholisi

orasida  AGga  duchor  bo‘lgan

bemorlar  o‘zlarining  nima

sababdan bu kasallikka duchor

bo‘lganligini  to‘liq  bilmasdan

turli  xil  giyohlar   va   gipo-

tenziv  dorilarni  shifokor

ruxsatisiz  iste’mol  qilishi

qat’iyan man etiladi. Shu

kabi  muammolarni

hisobga  olib,  qishloq

sharoitida  arterial  giper-

toniyaga  uchragan  be-

morlar  quyidagi  asosiy

bosqichlar  orqali  davo-

lanishi  maqsadga  muvofiq

bo‘lardi:  birinchidan,  ka-

salxonaga  qayta  yotishni

kamaytirish;  ikkinchidan,

qishloq  sharoitida  mehnatga

layoqatsizlik  kunlarni  ka-

maytirish;  uchinchidan,  nogi-



ISIRIQ

ronlikni  kamaytirish;  to‘rtin-

chidan,  yurak-qon  tomir  ka-

salliklari tufayli o‘limni kamay-

tirish va boshqa shu kabi mu-

him omillardir.

Qishloq  vrachlik  punkti

shifokorlari bemorlarga quyidagi

holatlarni doimiy ravishda uqtirib

borishlari  lozim:  avvalo  qo‘l-

lanilayotgan  muolajasi  uzoq

vaqt  qon  bosimini  o‘lchash

orqali,  asosan  doimiy  qon

bosimi  bo‘lsa,  umrbod

davom etishini bemorlarga

tushuntirishi;  qolaversa,

subyektiv  his  qilish,  har

doim  ham  qon  bosim

kasalligi  og‘irligini

ko‘rsatavermaydi va buni

bemorlarga  uqtirishi;  va

nihoyat  bemorlar  to‘g‘ri

tekshirilib,  to‘g‘ri  tashxis

qo‘yib,  vaqtida  davolanish

ahvolini  yaxshilab,  umrni

uzaytirishi muqarrar ekanligini

his qilishlari kerak.

Abduvali  SAFAROV,

Jizzax viloyati Zomin tumani

markaziy  shifoxonasi  shifokori



BILSANGIZ, BILMASANGIZ!

—  Bilasizmi,  inson 

hayoti

davomida  150 



trillion  bit

ma’lumotni eslab 

qolar ekan.

* * *


—  Bosh  orqali  esa 

80

foiz issiqlik parlanadi.



* * *

— Ma’lumotlarga 

ko‘ra,

4 yoshlik bola kuniga 



o‘rtacha

450 ga yaqin savollar bilan

kattalarga murojaat 

qiladi.


* * *

—  Inson  tanasida

yashovchi  bakteriyalar-

ning  umumiy  soni 

2

kg.ni tashkil etadi.



— Kitning yuragi 1 daqiqa

davomida 9 marta uradi.

* * *

— Odam ko‘zlarini 1 yil



davomida 10 million marta

yumib ochadi.

* * *

—  Dunyo  bo‘ylab



chapaqaylarning 10 foizini

erkaklar,  8  foizini  esa

ayollar tashkil etadi.

* * *


—  Inson  miyasida

har  soniyada  100 000

mingta kimyoviy reaksiya

sodir bo‘ladi.



—  Go‘dak  dunyoga  kelganida

tanasida 300 ta suyak mavjud bo‘lib,

25 yoshga qadar bu hisob 206 taga

kamayadi.

Dilafruz IMOMOVA tayyorladi.



26

FAROVON HAYOT

kichik biznes va xususiy tadbir-

korlikning mamlakatimiz yalpi

ichki  mahsulotidagi  ulushi

hozirgi vaqtda — shunga alohida

e’tibor  berishingizni  so‘ray-

man — 54 foizni tashkil etishi-

ning  o‘zi,  o‘ylaymanki,  ko‘p

narsani anglatadi”.

Darhaqiqat, bugungi kunda

davom etayotgan jahon moli-

yaviy-iqtisodiy inqirozi davrida

yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan

to‘fon  va  zarbalarning  oldini

olish maqsadida kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik rivojiga

e’tibor  qaratilayotgani  sababi

yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayni

maqsad  yo‘lida  esa  oilaviy

tadbirkorlikning o‘rni beqiyos.

Tadbirkorlik  faoliyatining

iqtisodiy, huquqiy jihatlari bilan

O‘zbekiston

Respublikasining

“Oilaviy  tadbirkorlik

to‘g‘risida”gi

Qonuniga asosan,

oilaviy  tadbirkorlik

oila a’zolari

tomonidan  tavakkal

qilib va o‘z mulkiy

javobgarligi ostida

daromad  (foyda)

olish maqsadida

amalga oshiriladigan

tashabbuskorlik

faoliyatidir.

TADBIRKORLIK —

Prezidentimiz Islom Karimov

O‘zbekiston  Respublikasi

Konstitutsiyasining 19 yilligiga

bag‘ishlangan  tantanali  maro-

simdagi ma’ruzasida tadbirkorlik

faoliyati va uning mamlakatimiz

iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tut-

gan o‘rni haqida gapirar ekan,

jumladan shunday dedi: “O‘tib

borayotgan yilda amalga oshi-

rilgan  bunday  keng  ko‘lamli

ishlar  haqidagi  fikrlarni  yana

davom ettirish mumkin. Bular-

ning  amaliy  natijasi  sifatida

KARVON  QO‘NG‘IROG‘I

bir  qatorda,  uning  ijtimoiy-

psixologik aspektlarini o‘rganish

fanda  muhim  ahamiyat  kasb

etadi. Ayniqsa, yakka tartibdagi

tadbirkorlik faoliyatining oilaviy

an’analarga  tayangan  va  oila

daromadidan tashqari jamiyatga

ham  naf  keltiradigan  shaklini

rivojlantirish,  uning  o‘ziga  xos

psixologik ta’sirlarini va omillarini

o‘rganish zarurati soha rivojiga

ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.

Er-xotin  tadbirkorlar  faoli-

yatining  ijtimoiy-psixologik

xususiyatlarini  o‘rganishda

ularning  ijtimoiy-psixologik

motivatsiyalari,  oilaviy  qad-

riyatlari bilan bog‘liq psixologik

komponentlar  muammoning

o‘ziga xos qirralarini yoritishga

yordam beradi.

26


27

Er-xotin  tadbirkorlarning

ijtimoiy-psixologik motivatsiya-

larining  shakllanishi  ular  har

birining u yoki bu jinsga aloqa-

dor  gender  xususiyatlari  bilan

farqlanadi.  Tadbirkorlik faoliyati

bilan shug‘ullanuvchilar uchun

ishonchli  sherik  va  hamkor

bo‘lishda oila a’zolarining, xu-

susan, er-xotinning bahamjihat

ish  yuritishi  masalaning  hal

qiluvchi omilidir.

Er-xotin tadbirkorlar moti-

vatsion  sohasining  umumiy

ko‘rinishidan  ma’lumki,  ular-

ning ijtimoiy mavqega, raqobat-

lashuvga,  maqsadga  erishishga

intilish  motivatsiyalari  ijobiy

natijalarni  namoyon  etadi.

Demak,  er-xotin  tadbirkorlar

yuqori  va  samarali  natijalarga

erishishda  ijtimoiy  munosa-

batlar,  o‘zlarini  ijtimoiy  voqe-

likning  yetakchi  subyekti,  deb

bilishi,  raqobat  muhiti  ta’siri

hamda  aniq  maqsad  bilangina

ko‘zlangan  natijalarga  erishish

mumkin, degan qarash muvaf-

faqiyatlar omili bo‘ladi.

Shuningdek,  ular  ijtimoiy

mavqega erishish uchun atrof-

dagilarning  diqqat  markazida

bo‘lishni, raqobat muhitida o‘z

faoliyatiga  ijodiy  yondashuv,

tinmay  mehnat  qilish  va  izla-

nishga  zamin  yaratish,  bor

imkoniyat  va  qobiliyatlaridan

foydalanish  zaruratini  his  qila

olishlari o‘ta muhimdir.  Tadbir-

korlik faoliyatida yana bir muhim

jihat — bu, mavjud to‘siqlarni

matonat  bilan  yengish,  zarur

holatlarda tavakkalchilikka yo‘l

qo‘yish lozimligini anglay bilish.

Oilaviy  tadbirkorlarning

ijtimoiy-psixologik  sohasini

baholovchi  ko‘rsatkichlarga

ko‘ra,  “ijtimoiy  mavqega  inti-

lish” shaxsning raqobatlashuvga

intilishiga zarurat tug‘dirishi va

bu  ikki  holat  ajralmas  hodisa

ekanligi  namoyon  bo‘lmoqda.

Shuningdek,  muvaffaqiyat

motivlari  shaxsning  ijtimoiy

mavqega  intilishi  barobarida

shakllanib borishi mumkinligini

tasdiqlamoqda.

Tadbirkorlik  faoliyatidagi

raqobatlashuv,  maqsadga  inti-

lish  motivlari  sog‘lom  ijtimoiy

manfaatli, shaxsiy kamolotga ega

professional  tadbirkorning

OILAVIY  TADBIRKORLARNING  IJTIMOIY-PSIXOLOGIK  MOTIVATSIYA

SOHASI  KO‘RSATKICHLARI  O‘RTASIDAGI  KORRELLYASIYA

Ijtimoiy mavqega intilish

Raqobatlashuvga intilish

Maqsadga erishishga intilish

Muvvaffaqiyat motivlari

Mag‘lubiyatdan qochish motivi

Altruizm-egoizm

Jarayon-natija

1

0,391**


0,206

0,221*


-0,137

-0,081


0,170

0,391**


1

0,101


-0,286**

-0,005


-0,330

0,105


0,206

0,101


1

0,018


-0,122

-0,221


0,006

0,221*


-0,286**

0,018


1

0,170


0,217

-0,192


-0,137

-0,005


-0,122

0,170


1

-0,045


0,096

-0,081


-0,330**

-0,221*


0,217

-0,045


1

0,101


0,170

0,105


0,006

-0,192


0,096

0,101


1

** (p < 0.01;  * (p < 0.05



KARVON  QO‘NG‘IROG‘I

faoliyat  motivatsiyalariga  ayla-

nishi  kerak.  Aks  holda  oilaviy

tadbirkorlik faoliyatining ehtiyoj

va  motivatsiya  sohasidagi

ijtimoiy-psixologik  qurilmalari

“alturizm  va  natija”  emas

“egoizm va jarayon” bilan chek-

lanib  qolishi  mumkinligidan

dalolat bermoqda.

Elyorjon YUSUFALIYEV,

Qo‘qon davlat pedagogika

instituti,  chet  tillar  kafedrasi

o‘qituvchisi.

Muhammad  AMIN

suvratga tushirdi.

27


28

ALOLO

Shu  yerlik  marhum  Haydar

boboning  hikoya  qilishicha:

“Inqilobdan keyin Tohir va Zuhra

qabriga  munosabat  ayanchli

bo‘lgan.  Ya’ni,  xalq  ardoqlab

kelgan qabristonni eskilik sarqiti

deb qarovchilar ko‘paygan. Eng

dahshatlisi bu yerga uch marta o‘t

qo‘yib yuborilgan. Ilgari afsonaviy

qabr  oq,  qizil  va  rangli  o‘rama

gullar  bilan  bezanib  turardi.

Gullarni  hech  kim  ekmasa  va

parvarish  qilmasada  juda  go‘zal

manzara kashf etardi. Qabrga o‘t

qo‘yilgach,  gullar  butunlay

o‘smay qo‘ydi”.

Tohir  va  Zuhra  qabrining

shimol  tomonidagi  400-500

metrlik masofada Omonota tepaligi

bor.  Tarixiy  ma’lumotlarga

qaraganda,  tepalik  qadimiy

qo‘rg‘on qoldig‘idir. Hozirgi kunda

bu tepalik qabristonga aylantirilgan.

Qariyalarning aytishlaricha qabr

qazish paytida tuproq ostidan turli

xil  buyumlar,  yog‘och  ustunlar

chiqqanligiga  guvoh bo‘lishgan.

Tepalikning o‘rtasida katta hovuz

bo‘lgan. Mana shu qo‘rg‘on Tohir

va Zuhra yashagan shahar degan

rivoyatlar  bor.

Ziyoratgohdan o‘sib chiqqan

uch xil rangdagi gullar Tohir va

Zuhra  hamda  ularning  yonidan

o‘rin  olgan  sof  muhabbat  dush-

mani Qorabotir qabrlaridan unib

chiqib  changalzorga  tutashadi.

Go‘yoki  qizil  gul  —  Zuhraning

sadoqati,  oq  gul  —  Tohirning

muhabbati, ko‘k gul — yovuzlik

va g‘arazlik niyati bilan ularning

halokatiga  sabab  bo‘lgan  Qora-

Qashqadaryo  viloyati  G‘uzor  tumani  shimolida  Qarshi-Qamashi

yo‘lining  25-kilometridagi  Do‘ng  Qovchin  qishlog‘i  yaqinida  Tohir  va

Zuhraning  qabri  joylashgan.  Tuman  aholisi  tasavvurida  Tohir  va  Zuhra

afsonasi  bilan  bog‘liq  voqealar  ayni  shu  joyda  bo‘lib  o‘tgan.

Xalq  orasida  e’zozlanib  kelingan  “Tohir  va  Zuhra”  dostoni  asosida

yaratilgan  film  ham  shu  joyda  suratga  olingani  ma’lum.

FOTO LAVHA

Ot  chopsa

gumburlar

tog`ning

darasi...

Mashrab NURINBOYEV suvratga tushirdi


29

ALOLO

botirning ramzi hisoblanadi. Tohir

va Zuhraning qabri haqidagi afsona

nima uchun aynan Do‘ng Qovchin

qishlog‘i  nomi  bilan  belgilan-

ganligini  o‘rganish  uchun  tad-

qiqotlar  olib  borish  zarur.

Omonota  tepaligi  arxeologlarni

kutib turgan go‘shalardan biri.

XVII asrda yashab ijod qilgan

shoir So‘fi Olloyor Do‘ng Qov-

chin qishlog‘idan atigi uch kilo-

metr uzoqlikdagi Qoratikan qish-

log‘ida ma’lum vaqt yashaganligi

haqida  ma’lumotlar  bor.  Ularda

Qoratikan qishlog‘idan o‘tadigan

yo‘l atrofida ko‘plab jangalzorlar

mavjud  bo‘lib,  bu  yerda  ilonlar

makoni  bo‘lgan.  Odamlar  ilon-

lardan qo‘rqib bu jangalzorlardan

yolg‘iz o‘tmas ekan. Bu yerga kelib

So‘fi Olloyor azon aytganda ilon-

lar bu makonni tark etib Bobo-

tog‘ga ko‘chgan. Qoratikan qishlog‘i

aholisi to hozirgacha bu yerdagi

ilonlar  odamlarga  hujum  qil-

maydi, chunki So‘fi Olloyor ular

og‘zini bog‘lagan, degan rivoyat-

larga ishonadilar. Shuning uchun

ham balki shoir asarlarida Tohir

va Zuhra afsonasi va bu bilan bog‘liq

tarixiy  ma’lumotlarni  uchratish

mumkin.

Tohir  va  Zuhra  qabri  bilan



Omonota  o‘rtasida  ikkinchi  bir

changalzor ham mavjud. Aytish-

laricha,  bir  vaqtlar  bu  chan-

galzor bir-biriga juda yaqin bo‘lgan.

Qarshidan  chiqqan  yo‘lovchilar

bu  ikki  changalzor  orasidan

o‘tuvchi tor yo‘ldan o‘tayotgan-

larida otdan tushib sevgi yo‘lida

qurbon bo‘lganlar xotirasiga ba-

g‘ishlab duoi fotiha qilib o‘tishgan.

Qarshidan  Do‘ng  Qovchin,

Qoratikan qishlog‘igacha bo‘lgan

qadimgi  yo‘lga  asfalt  yotqizilib

avtomobil yo‘li qurilgan. Keyin-

chalik bu yo‘l Qamashi tumani-

gacha davom ettirildi. Endilikda yo‘l

oltita tuman: G‘uzor, Chiroqchi,

Qamashi,  Yakkabog‘,  Shaxri-

sabz, Kitobni viloyat markazi —

Qarshi  shahri  bilan  bog‘lovchi

muhim magistralga aylandi.

Tohir va Zuhra qabristonini

obodonlashtirish  masalasiga

Prezidentimiz  Islom  Karimov

katta  e’tibor  bilan  qaradi.  U

kishining tashabbusi bilan 1991—

1992-yillarda Tohir va Zuhra qab-

ristoni obodonlashtirildi. Bu yerda

katta qurilish va obodonlashtirish

ishlari amalga oshirildi. Natijada

ziyoratgoh  chiroyli  xiyobonga

aylandi.  Ziyoratgohga  Tohir  va

Zuhra  afsonasidagi  voqealarga

asoslangan  asar  qahramonlari

haykallari  majmuasi,  favvora

bunyod etilib, atrofga har xil man-

zarali daraxtlar ekildi. Endilikda

bu hudud sayohatchilar diqqatini

o‘ziga  tortadigan    xiyobonga

aylandi.


Shunday  ekan  tirik  haqiqat

bo‘lgan  xalqimizning  bu  afso-

nasini  yod  aylab,  uni  asrab-

avaylashimiz  zarur.  Hozirda

G‘uzor  va  boshqa  tumanlardan

nikohdan o‘tayotgan yosh kelin

kuyovlar  bu  yerga  kelib  Tohir-

Zuhra qabriga gul qo‘yadi.

Abduqayum  JO‘RAYEV,

katta o‘qituvchi

29


30

Ular bir soat yo‘l bosgach,

Oqtov etaklariga yetib keldilar.

Arava  tortgan  qashqa  ustidagi

jabduqlarni  kattagina  xarsang

tosh  ustiga  tashlab  xonaki

jiyronni  sayhonlikka  qo‘yib

yubordilar.

—  Bor,  boraver,  erkajon,

xohlagan xo‘ragingni yeyaver, —

dedi o‘rta bo‘yli Olimjon bedov-

ning sag‘risiga shapatilab.

Jonivor  egasining  imosini

kutgan ekanmi, ikki marta kalta

kishnab, lo‘killab o‘tloq tomonga

oshiqdi.  Qo‘riqxona  Qoplan-

qiyadan  boshlanadi.  Bir-biriga

ulangan o‘ngirlar sharqu-g‘arbga

cho‘zilib ketgan. Bodom daraxt-

larining kalta shoxlari shamolda

hushtak  chalib  turadi.  Salobatli

Oqtov  cho‘qqilarining  olmos

qirralari ko‘zga elas-elas ko‘rinib,

o‘ziga chorlagandek bo‘ladi.

Ikki do‘st bu makonning har

bir giyohi haqida soatlab so‘zlab

beradi.  Dorivor  o‘simliklarning

qariyib hamma turi Qoplon qiya-



Alqorlar  O‘zbekiston

hududining  Nurota,

Oqtov va Tomditov

tizmalarining  uncha

katta  bo‘lmagan

hududlarida  uchraydi.

Shuning  uchun  ham

olimlar  uni  endemik

deb ataydi. Yer

kurrasida  yovvoyi  tog‘

qo‘yining  kenja  tur-

lari  ma’lum.  Ammo,

Qizilqum  qo‘yi  yoki

Seversov  qo‘yi  faqat

O‘zbekistonda

uchraydi.

Qadimda  bu  jonzot

Molguzar  tog‘

tizmalarida,  Nurota

tog‘lari  va  Qizilqum

sahrosida  tarqalib

kelgan. XX asr

boshlarida  odamlar

deyarli  alqorlarga

qiron  keltirdilar.

Xavfli vaziyatni inobatga olib

1960-yillarda  buyurtma  hudud,

1975-yilda  esa  Nurota  davlat

qo‘riqxonasi tashkil qilindi. Shun-

dan buyon Seversov qo‘yi alohida

muhofazalanadigan  tabiiy  hu-

dudlarda yashay boshladi va 90-

yillarning boshlarida uning soni

bir muncha ko‘paydi.

Afsuski, Seversov qo‘yi dav-

lat va qonun himoyasida bo‘lishiga

qaramasdan,  bugungi  kunda

qo‘riqxonalardan tashqarida bu-

tunlay qirilib ketgan desak mu-

bolag‘a bo‘lmas. 1987-yilda Nurota

qo‘riqxonasida  yovvoyi  qo‘yni

ko‘paytirish va o‘rganish uchun

maxsus hudud tashkil qilingan.

Tabiatning bu noyob jonivori

o‘zi  qanday  yashaydi?  Alqorlar

issiq va suv tanqisligiga juda tez

moslashadi. Qishda-chi, izg‘irinli,

ayozli, bo‘ronli kunlarga, ozuqa

tanqisligiga chidaydi. Tog‘ qo‘yi tik

qoyalar va qiyaliklarda chaqqon va

tez harakatlanadi. Yemishi yetarli,

shamol va quyoshdan pana joylarda

butalar bilan qoplangan tog‘ ular

uchun  qulay  yashash  joyidir.

Ammo, bu jonivorlar brako-

nerlardan qochib, baland cho‘q-

qili tog‘larga chiqib ketib, xavfli

bo‘lgan qoyalarda yashamoqda.

— Qorli va sovuq qishda al-

qorlar o‘zlari uchun xavfli bo‘l-

gan  tog‘  yonbag‘irlarida  oziq-

lanishga majbur bo‘ladi, — deydi

suhbatdoshimiz  Olimjon,  —

chunki  u  yerda  hayot  sharoiti

shunday  bardoshli  hayvonlar

uchun ham og‘ir. Biroq, shunga

qaramay  Nurota  tog‘larida  al-

qorlarning yashashi uchun qulay

joylar  mavjud.

Bugun  tog‘  qo‘yining  katta

bo‘lmagan  podasi  faqat  qo‘riq-

xonada  inspektorlar  nazoratida

saqlanib  qolgan.  Lekin  ba’zi

odamlar  har  kuni  muhofa-

zalanadigan  hududda  o‘tin,

mevalar, yong‘oq teradi, o‘t o‘ra-

di va mol boqadi. Shuning uchun

alqorlar  yaylovga  g‘ira-shira

tongda  chiqadilar  va  kunduz


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling